Fuqaro aviatsiyasi tarixida 2001 yilda AQŞda sodir etilgan teraktlar eng köp odam halok bölgan hodisa sifatida birinçi örinda turadi. Öşanda törtta samolyot olib qoçilgan va ularning ikkitasi Nyu Yorkdagi egizak binolarga olib borib urilgandi. Yana bir samolyot dalaga qulab tuşgan, boşqasi Pentagon binosiga urilgan.

20-asrning ikkinçi yarmida fuqaro aviatsiyada xizmat qiluvçi yangi turdagi samolyotlar paydo bölgandan söng parvozlar soni keskin köpaydi.

Avvallari uzoq masofalarga borişda poyezd yoki kemalardan foydalangan odamlar endi vaqt tejaş uçun samolyotlarda uça boşlaşdi.

Texnika öz oti bilan texnika. Istalgan samolyotda texnik nosozlik kuzatilişi yoki ular havoda bir-biri bilan töqnaşib ketişi mumkin.

Fuqaro aviatsiyasi rivojlangan sayin bunday hodisalar köpayadi. Quyida eng köp odam qurbon bölgan aviahalokatlar haqida ma’lumot beramiz.

Fors körfazida urib tuşirilgan samolyot

1988 yil 3 iyul kuni Tehron-Dubay yönalişida parvoz qilayotgan Iran Air aviakompaniyasiga tegişli Airbus A300 samolyoti Fors körfazi tepasida urib tuşiriladi.

Oqibatda, samolyot bortida bölgan 290 kişining barçasi halok böladi. Suriştiruvlarda samolyotga Fors körfazida turgan AQŞ harbiy kemasidan uçirilgan zenit raketasi bilan zarba berilgani oydinlaşadi.

AQŞ harbiylari yölovçi samolyotini Eronning F-14A Tomcat qiruvçi samolyoti bilan adaştirişgan edi.

Amerika tomoni bir neça yil öz aybini tan olmaydi va halok bölganlarning oilalariga tovon puli tölaşdan böyin tovlab keladi.

Oxir-oqibat, 1996 yilda AQŞ hukumati samolyot amerikalik harbiylarning aybi bilan urib tuşirilganini tan oladi va Eron tomoniga qurbonlarning yaqinlari uçun 61,8 mln dollar tovon puli tölab beradi.

Donetsk osmonida urib tuşirilgan samolyot