Gurjistonda saylovçilar kollegiyasi sobiq futbolçi va deputat Mixail Kavelaşvilini mamlakatning yangi prezidenti etib sayladi. U yagona nomzod edi.
Gurjiston Markaziy saylov komissiyasi ma’lumotlariga köra, ovozlarni sanaş jarayoni yakunlangan va Kavelaşvili 224 ta ovoz töplagan, bitta byulleten qonuniy kuçga ega emas deb topilgan. Kavelaşvilining saylanişi uçun kollegiyaning 300 a’zosining kamida 200 nafari ovozi talab etilgandi.
53 yoşli Mixail Kavelaşvili — futbol böyiça Rossiya va olti karra Gurjiston çempioni (u Tbilisining «Dinamo» jamoasida töp surgan). 2016 yildan beri Kavelaşvili «Gurjiston orzusi» partiyasidan parlament deputati sifatida faoliyat yuritib kelgan, 2022 yilda esa hukmron partiyadan «ajralib çiqqan» «Xalq kuçi» partiyasi rahbariga aylangan. Aynan uşbu partiya deputatlari Gurjistonning «inoagentlar» töğrisidagi qonunini körib çiqiş taşabbusini ilgari surgandi. Parlamentning yangi çaqiriğida Kavelaşvili hamda uning tarafdorlari «Gurjiston orzusi» böyiça röyxatdan ötgan.
Gurjistonning amaldagi prezidenti Salome Zurabişvili 2018 yilda oxirgi marta ötkazilgan töğridan töğri saylovlar orqali saylangan. Şundan keyin Konstitutsiyaga özgartirişlar kiritilgan va endi saylovlar yangi tizim böyiça ötkaziladi — kollegiyalar iştirokida, ularning aksariyatini «Gurjiston orzusi» hukmron partiyasi vakillari taşkil etadi.
Avvalroq Gurjiston prezidenti Salome Zurabişvili mamlakatda yangi parlament saylovlari belgilanmagunga qadar öz vakolatlarini topşiriş niyatida emasligini ma’lum qilgandi. Davlat rahbarining fikriça, bugungi kunda Gurjistonda faqat u legitim hokimiyatga ega. U bölajak saylov jarayonini «prezidentlik saylovlariga parodiya va şarmandalik» deya ta’riflagan.








