Qaysi mamlakat iqtisodiyoti 2024 yilda eng yaxshi natijalarga erishdi?
Joriy yilda dunyo mamlakatlari o‘rtasidagi iqtisodiy natijalarda katta farqlar kuzatildi. Global iqtisodiyot 3,2 foizga o‘sdi, bunda inflatsiyaning nisbatan pasayishi va iste’molchilarning faol xarajatlari muhim omil bo‘ldi, deb yozadi The Economist.

Foto: Getty Images
Nashrga ko‘ra, bu yil eng yaxshi iqtisodiy ko‘rsatkichlarga erishgan mamlakat – Ispaniya. Qirollik sanoati barqaror o‘syapti, immigratsiyaning o‘sishi iqtisodiy faollikni oshirmoqda. Yil yakuni bo‘yicha YaIM o‘sishi 3,1 foiz bo‘lishi kutilmoqda.
Ispaniyadan keyingi o‘rinlarni Irlandiya, Daniya, Gretsiya va Italiya egalladi. Bu mamlakatlar yaqin o‘tmishdagi iqtisodiy qiyinchiliklarni yengib, barqaror rivojlanishni namoyish qilmoqda. Masalan, Gretsiyada ishsizlik darajasi 10 yillikdagi eng past ko‘rsatkichga tushdi.
Boshqa tomondan, Germaniya va Buyuk Britaniya kabi katta iqtisodiyotlar yuqori energiya narxlari va sanoatdagi sekin o‘sishdan aziyat chekdi. Yevropa mamlakatlaridan Latviya va Estoniyaning bu yilgi iqtisodiy ko‘rsatkichlari qoniqarsiz bo‘ldi.
The Economist'ning qayd etishicha, AQSh fond bozori inflatsiyani chegirib tashlaganda 24 foizlik daromad ko‘rsatgani katta e’tiborga loyiq. Finlandiyada esa, aksincha, fond bozori uchun omadsiz yil bo‘ldi.
Inflatsiya darajasi bo‘yicha Fransiya va Shveytsariyaning muvaffaqiyatini alohida e’tirof etish mumkin: bu mamlakatlarda yil davomida narx-navo o‘sishi 2 foizdan oshgani yo‘q.
Fiskal intizom bo‘yicha Daniya va Irlandiya budjet profitsitiga erishgan bo‘lsa, Britaniya va Yaponiya hukumat xarajatlarining ortishi sababli ko‘proq qarz olishga majbur bo‘ldi.
Tavsiya etamiz
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30 / 13.03.2025
«Quvur operatsiyasi»: ruslar uni «urushdagi burilish nuqtasi» deyishmoqda
Jahon | 23:40 / 11.03.2025
Amaldorlar “mahalliy” xizmat avtomobillariga o‘tkazilmoqda
O‘zbekiston | 16:34 / 11.03.2025
Firibgarlar o‘g‘irlagan pullarni qaytarib bo‘lmaydimi?
O‘zbekiston | 15:27 / 11.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xitoy pandemiya kelib chiqishi masalasida vazminlikka chaqirdi
Jahon | 13:46
-
Qozog‘iston banki O‘zbekistondagi loyihalar uchun qo‘shimcha resurslarni jalb qilishi mumkin
O‘zbekiston | 13:44
-
AQShning Denver shahrida American Airlines samolyoti yonib ketdi
Jahon | 13:42
-
Hafta oxirida havo iliq bo‘lishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 12:37
Mavzuga oid

13:45 / 04.03.2025
Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining vakolatlari aniqlashtirilmoqda

20:26 / 03.03.2025
Kambag‘allikni qisqartirishda Hindiston tajribasi: muqobil yo‘l topildi

14:52 / 03.03.2025
Iqtisodiyotda xususiy sektorning roli yanada oshiriladi

14:58 / 20.02.2025