Ekspatlar uçun Tsyurixning nimasi yaxşi?

Mercer hisobotida aytilişiça, Tsyurixning tanlanişi “sifatli davlat xizmatlari, jinoyatçilik darajasining pastligi va faol madaniy hayotga asoslangan”. Samarali infratuzilma va barqaror rivojlanişga intiliş bularga qöşimça böladi.

Hisobotda, şuningdek, şahar aviatsiyasi yaxşilangani ta’kidlangan: 2024 yil yozida boşqa qit’alarga boriş-qaytiş reyslari köpaytirildi. Endi Tsyurixdan SWISS aviakompaniyasi orqali Seul, Şanxay, Vaşington va Torontoga, şuningdek Tunisair va boşqa aviakompaniyalar bilan Tunis va Jyerbaga uçiş mumkin.

“2024 yilda Tsyurixda Atlanta, Klouj, Jyerba, Koşitsa va Tunisga parvozlar yölga qöyildi, buning natijasida xorijliklarg uçun uyga boriş va qaytiş har qaçongidan osonlaşdi”, — dedi aviakompaniyalar yönalişlari böyiça tahlilçi Jyeyms Pirson Euronews Trave kompaniyasiga.

Tsyurixda 400 000 dan ortiq şveysariyalik bölmagan aholi istiqomat qiladi, bu esa uni mamlakatdagi eng yirik xorijiy jamoaga ega şaharga aylantiradi. Biroq Tsyurixda joylaşgan kadrlar tanlovi va loyiha xizmatlari böyiça Rigby AG kompaniyasi ma’lumotlariga köra, bu şahar yaşaş uçun qimmat, ayniqsa ijarada turuvçilar uçun.

Tsyurixda yaşaş narxi reytingda ikkinçi örinni egallagan Venadagiga qaraganda 71,8 foiz yuqori. Xususan, uy-joy ijarasi narxlari Venadagidan 127,6 foiz baland, oziq-ovqat mahsulotlari esa taxminan 65 foizga qimmatroq. Biroq bu yerda iş haqi ham yuqori bölgani sababli, çet ellik mutaxassislar daromad topa boşlaşi bilan turmuş tarzi yaxşilanişni boşlaydi.

Tsyurix şahri muntazam ravişda yuqori turmuş darajasi bilan ajralib turadi. 2024 yilgi dunyoning eng baxtli şaharlari röyxatida u Daniyaning Orxus şahridan keyin ikkinçi örinni olgan. 2024 yilgi IMD Smart City Index xalqaro reytingida Tsyurix ketma-ket beşinçi yil birinçi örinni egallab kelmoqda. Bundan taşqari, Yevropa Komissiyasi uni Yevropaning yaşaş uçun eng qulay şahri sifatida e’tirof etgan.

Yevropaning yana qaysi şaharlari ekspatlarni öziga tortadi?

Mercer hayot sifati indeksidagi eng yaxşi 10 ta şaharning sakkiztasi Yevropa şaharlari bölib, faqat Oklend va Vankuver bundan mustasno.

Yuqori reytingga ega boşqa şaharlar orasida Vena ham bor. U 2023 yildagi birinçi örindan bir poğonaga pastlagan. Şveytsariyadagi Jyeneva ikki poğonaga kötarilib, bu yil uçinçi örinni egalladi.