M-39 Toşkent-Termiz xalqaro avtomobil yölining Jizzax viloyatidagi dovondan ötgan qismida yuk avtomobillari va yölovçi taşuvçi avtobuslar harakati vaqtinça çeklandi.
Jizzax viloyati IIB YHXB axborot xizmatining xabar berişiça, Jizzaxdagi dovondan ötgan yölda muzlama hosil bölgan.
Şu sababli mazkur yölda harakat xavfsizligini ta’minlaş maqsadida yuk maşinalari va yölovçi taşuvçi avtobuslar harakati vaqtinça çeklangan.
Qayd etilişiça, yuk avtomobillari va avtobuslar A-376 yöliga yönaltirilmoqda. Ular bu yöl orqali dovonni aylanib ötib, Ğallaorol tumanida yana M-39 yöliga qöşiladi.








