"Özbekiston iqtisodiyoti sönggi yillarda ikki baravar ösib, 100 milliard dollarlik marradan oşdi. Aholi jon boşiga daromad 2024 yilda 3 ming dollarga yetişi kutilmoqda. Eksport hajmi qariyb ikki baravar köpayib, birinçi marta 25 milliard dollardan oşdi, oltin-valuta zaxiralari esa 40 milliard dollarlik dovonni zabt etdi. Jahon banki 2024 yilda Özbekiston Yevropa va Markaziy Osiyoda iqtisodiy ösiş sur’atlari eng yuqori bölgan uçta davlat qatoridan joy olişini e’tirof etdi", – deb ta’kidlangan maqolada.
Jurnal davlat rahbarining parlament quyi palatasidagi nutqida keltirilgan quyidagi raqamlarga alohida e’tibor qaratgan. "Özbekiston – 2030" strategiyasida mamlakat yalpi içki mahsuloti hajmini 160 milliard dollarga yetkaziş maqsad qilib qöyilgan edi. Barça imkoniyatlar işga solingani tufayli bu körsatkiç joriy yilning özida 110 milliard dollarga yetişi kutilmoqda. Şunday sur’at jadal davom ettirilsa, 2030 yilga borib, Özbekiston iqtisodiyoti hajmini 200 milliard dollarga yetkaziş salohiyati mavjud. Bu aholining turmuş darajasi va sifatini keskin yaxşilaşga asos böladi.
Naşr Özbekistonda makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlaş, kelgusi beş yil davomida iqtisodiy ösiş sur’atlarini 6-7 foiz darajasida ta’minlaş, iqtisodiyotda xususiy sektorning uluşini 85 foizga yetkaziş, davlat-xususiy şeriklik doirasida yirik loyihalarni amalga oşiriş va boşqa dolzarb vazifalar haqida batafsil ma’lumot keltirgan.
Business Central Asia Özbekiston hayotining ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va boşqa jabhalarida amalga oşirilayotgan özgarişlar jarayoni haqidagi maqolalarni öz öquvçilari e’tiboriga havola qilgan.








