AQŞning saylangan prezidenti Donald Tramp AQŞning Germaniyadagi sobiq elçisi Riçard Grenelni «maxsus işlar böyiça maxsus elçi» etib tayinlaşga qaror qildi. U Vaşington bilan munosabatlari keskin yoki beqaror bölgan mamlakatlar va mintaqalarga yuborilişi kutilmoqda. «Rik dunyodagi eng qiyin hududlarda, jumladan, Venesuela va Şimoliy Koreyada işlaydi», — deb yozgan Tramp 14 dekabr, şanba kuni Truth Social sahifasida.

U Grenelning kelgusi vazifalarini batafsil tasvirlab bermadi. Prezident Donald Trampning birinçi muddati davomida, 2017 yildan 2021 yilgaça Riçard Grenell AQŞning Germaniyadagi elçisi, Serbiya va Kosovodagi tinçlik muzokaralari böyiça prezidentning maxsus elçisi hamda Milliy razvedka direktori vazifasini bajaruvçi lavozimlarida işlagan.

Saylov kampaniyasi davomida Grenell Trampni faol qöllab-quvvatlagan va köpçilik tomonidan AQŞ davlat kotibi lavozimiga nomzod sifatida körilgan. Biroq, bu lavozim oxir-oqibat Floridadan senator Marko Rubioga ötadi. Kuzatuvçilarga köra, Grenellni işga joylaştirişning yana bir varianti AQŞning Ukraina va Rossiya böyiça maxsus vakili lavozimi bölgan. Biroq bu lavozimga 80 yoşli nafaqadagi general-leytenant Kit Kellog nomzodi ilgari surildi.

AQŞ prezidentlari öz mamlakatlari vakillari sifatida köpinça ikki tomonlama munosabatlar doirasidan taşqariga çiqadigan, elçixona rahbarlari tomonidan körib çiqilmaydigan mavzular va inqirozlarga e’tibor qaratişi uçun maxsus vakillarni tayinlaydi, deya eslatadi Reuters.