Farzand tug‘ilganda otaga 5 kunlik ta’til berilishi mumkin
Parlament quyi palatasida shu mazmundagi qonun loyihasi muhokama qilindi. Unda ishlayotgan erkaklar farzandli bo‘lganda turmush o‘rtog‘iga yordam berish va boshqa farzandlariga qarab turishi uchun ularga qisqa muddatli ta’til berish bu ta’til vaqtida ish haqini saqlab qolish taklif etilgan.
Parlament quyi palatasiga kiritilgan «O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun loyihasida ishlayotgan erkaklar farzandli bo‘lganda turmush o‘rtog‘iga yordam berish va boshqa farzandlariga qarab turishi uchun qisqa muddatli ta’tilga chiqishi bilan bog‘liq me’yorlar taklif etilgan. Bu haqda deputat Nodir Tilavoldiyev ma’lum qildi.
«Erkaklar farzandli bo‘lganda turmush o‘rtog‘iga yordam berish va boshqa farzandlariga qarab turishi uchun qisqa muddatli, 1 oy ichida 5 kunlik, maoshi saqlangan holda mehnat ta’tiliga chiqish imkoniyati berilishi nazarda tutilmoqda», dedi u loyihani sharhlar ekan.
Ta’kidlanishicha, shu kunga qadar milliy qonunchilikda bunday ta’til nazarda tutilmagan edi. Shu sababli erkaklar kasbiy va oilaviy majburiyatlarini uyg‘un tarzda amalga oshirishga qiynalgan yoki o‘z hisobidan ta’til olishga majbur bo‘lgan.
Shu bilan birga, Mehnat kodeksida mehnat huquqlarining tengligi, mehnat va mashg‘ulotlar sohasida kamsitish, tazyiq va zo‘ravonlikni taqiqlash prinsiplari takomillashtirilmoqda. Ya’ni, mehnat jarayonida boshqa xodimga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik sodir etgan yoki tahdid qilgan xodimni ish beruvchi tashabbusi bilan boshqa ishga o‘tkazish yoki ishdan bo‘shatish amaliyoti qo‘llanishi belgilanmoqda.
Bundan tashqari, oilaviy (maishiy) zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslar aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalari ro‘yxatiga kiritilib, davlat tomonidan ularni ishga joylashtirish bo‘yicha qo‘shimcha kafolatlar ta’minlanishi belgilanmoqda.
Mavzuga oid
01:17 / 27.11.2024
Rossiyada ota-ona qarovisiz qolgan uch nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi
15:32 / 22.11.2024
Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan yoshlar davlat fuqarolik xizmatiga tanlovsiz qabul qilinadi
10:53 / 16.11.2024
Hayoti yoki sog‘lig‘i xavf ostida qolgan bolalar ota-onasidan olib qo‘yilishi mumkin
09:40 / 18.10.2024