Toşkent şahri. Havo biroz bulutli böladi, yoğingarçilik kutilmaydi, faqat keçqurun biroz yomğir yoğişi mumkin. Yöllarda yaxmalak kuzatiladi. Keçasi va ertalab tuman tuşişi mumkin. Şamol şarqdan 3–8 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat keçasi 0...–2, kunduzi +6...+8 daraja böladi.

Qoraqalpoğiston Respublikasi, Xorazm viloyati. Havo biroz bulutli böladi, ba’zi joylarda yoğingarçilik (yomğir, qor) bölişi mumkin. Şamol ğarbdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13–18 metr/soniyagaça kuçayişi mumkin. Harorat keçasi –3...+2, kunduzi +2...+7 daraja böladi.

Buxoro va Navoiy viloyati. Havo biroz bulutli böladi, ba’zi joylarda yoğingarçilik (yomğir, qor) bölişi mumkin. Şamol ğarbdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13–18 metr/soniyagaça kuçayişi mumkin. Harorat keçasi –3...+2, kunduzi +4...+9 daraja böladi.

Toşkent, Sirdaryo, Samarqand, Jizzax viloyatlari. Havo biroz bulutli böladi, keçqurun ba’zi joylarda yoğingarçilik (yomğir, qor) bölişi mumkin. Yöllarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Ba’zi joylarga tuman tuşişi mumkin. Şarqiy şamol yönalişini özgartirib, ğarbdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13–18 metr/soniyagaça kuçayişi mumkin. Harorat keçasi 0...–5, kunduzi +2...+7, ba’zi joylarda +10 darajagaça böladi.

Qaşqadaryo, Surxondaryo viloyati. Havo biroz bulutli böladi, yoğingarçilik kutilmaydi, faqat Qaşqadaryo viloyatida keçqurun ba’zi joylarda yoğingarçilik (yomğir, qor) bölişi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tuşişi mumkin. Şamol şarqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat keçasi –2...+3, kunduzi +7...+12 daraja böladi.

Andijon, Namangan va Farğona viloyatlari. Havo biroz bulutli böladi, yoğingarçilik kutilmaydi. Yöllarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Ba’zi joylarga tuman tuşişi mumkin. Şamol şarqdan 5–10 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat keçasi –3...–8, kunduzi 0...+5 daraja böladi.

Respublikaning toğli hududlari. Havo biroz bulutli böladi, ba’zi joylarda yoğingarçilik böladi, tuman tuşişi mumkin. Yöllarda yaxmalak kuzatiladi. Şamol şarqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat keçasi –2...–7, kunduzi 0...+5 daraja böladi.