AQŞning saylangan prezidenti Donald Tramp Ukraina va Rossiya Federatsiyasi böyiça özining maxsus vakili etib tanlagan iste’fodagi general Kit Kellog yanvar oyi boşida Yevropaning bir qança poytaxtlariga, jumladan Kiyevga ham taşrif buyurişni rejalaştirmoqda. Bu haqda 17 dekabr, seşanba kuni Reuters axborot agentligi xabar berdi. Unga köra, Moskvaga taşrif hali Kellogning rejalariga kiritilmagan.

Agentlik suhbatdoşlarining aytişiça, Kellog Kiyevda Ukraina rahbariyati bilan uçraşmoqçi. Bundan taşqari, uning jamoasi Parij va Rimda yuqori martabali siyosatçilar bilan uçraşuvlar tayyorlamoqda. Maqsad Ukrainadagi uruşni tugatiş böyiça unçalik faol muzokaralar emas, balki AQŞning yangi ma’muriyati uçun ma’lumot töplaş, deya aniqlik kiritdi Reuters manbalari.

Şuningdek, Kellogning Yevropa böylab safar rejasi hali işlab çiqiş bosqiçida ekanligi va uning asosiy nuqtalari özgarişi mumkinligi xabar qilingan.

AQŞ yangi prezidentining inauguratsiyasi 2025 yil 20 yanvarga belgilangan. Reuters suhbatdoşlarining qayd etişiça, Kellogning bundan oldin Yevropaga boriş niyati Tramp Ukrainadagi kelişuvga katta ahamiyat berayotganidan dalolat beradi.

AQŞning GFRdagi sobiq elçisi «qiyin» davlatlar böyiça maxsus elçi böladi

AQŞning saylangan prezidenti Donald Tramp AQŞning Germaniyadagi sobiq elçisi Riçard Grenelni «maxsus işlar böyiça maxsus elçi» etib tayinlaşga qaror qildi. U Vaşington bilan munosabatlari keskin yoki beqaror bölgan mamlakatlar va mintaqalarga yuborilişi kutilmoqda. «Rik dunyodagi eng qiyin hududlarda, jumladan, Venesuela va Şimoliy Koreyada işlaydi», — deb yozgan Tramp 14 dekabr kuni Truth Social sahifasida.

U Grenelning kelgusi vazifalarini batafsil tasvirlab bermadi. Prezident Donald Trampning birinçi muddati davomida, 2017 yildan 2021 yilgaça Riçard Grenell AQŞning Germaniyadagi elçisi, Serbiya va Kosovodagi tinçlik muzokaralari böyiça prezidentning maxsus elçisi hamda Milliy razvedka direktori vazifasini bajaruvçi lavozimlarida işlagan.

Saylov kampaniyasi davomida Grenell Trampni faol qöllab-quvvatlagan va köpçilik tomonidan AQŞ davlat kotibi lavozimiga nomzod sifatida körilgan. Biroq, bu lavozim oxir-oqibat Floridadan senator Marko Rubioga ötadi. Kuzatuvçilarga köra, Grenellni işga joylaştirişning yana bir varianti AQŞning Ukraina va Rossiya böyiça maxsus vakili lavozimi bölgan. Biroq bu lavozimga 80 yoşli nafaqadagi general-leytenant Kit Kellog nomzodi ilgari surildi.