Muloqot avvalida Samira Mian Özbekistonda san’at va madaniyat sohasida amalga oşirilayotgan islohotlarni yuqori baholadi. Şuningdek, u kelgusida respublikadagi rassomlar va ijodkor bilan yaqin hamkorliklarni yölga qöyiş istagini bildirdi. Ijodkor özi asos solgan naqş san’ati maktabi töğrisida ham sözlab berdi.
Uning aytişiça, Samarqand, Toşkent, Buxoro, Xivada joylaşgan tarixiy obidalardagi naqşlarni örganiş va ularni tasvirlaş böyiça darslarga xorijlik öquvçilarning iştiroki yuzasidan juda köplab takliflar kelib tuşmoqda. Jumladan, gözal geometrik naqşlarni çiziş barçaga manzur bölmoqda.
Suhbat yakunida ijodkor bilan mazkur yönalişdagi hamkorlik aloqalarini faollaştirişga kelişib olindi.
Samira Mian matematika va geometriya fanlari öqituvçisi hisoblanadi. U 2019 yilda ilk marta Özbekistonga sayohat qilgan. Mazkur sayohatdan, jumladan Özbekistondagi qadimiy va köhna manzillar, olis tarixdan sözlovçi madaniy yodgorliklar va haşamatli obidalardan ilhomlangan ijodkor Buyuk Britaniyada özining özbek naqş san’ati maktabiga asos soldi.
Uning öquv dasturlari va mahorat darslaridan Samarqand, Toşkent, Buxoro, Xivada joylaşgan tarixiy obidalardagi naqşlarni örganiş va ularni tasvirlaş amaliyotlari örin olgan.
Darslar jarayonida öquvçilarga naqşlarni tahlil qiliş va çizişdan tortib, ularga rang tanlaş va böyaşgaça bölgan jarayon örgatiladi. Öquvlar gibrid şaklda taşkil etilgan.








