Jahon | 14:04 / 20.12.2024
1055
3 daqiqa o‘qiladi

Bakalchuk Wildberries aktivlarini "RVB"ga o‘tkazish bo‘yicha sudda yutqazdi

Wildberries marketpleysining hammuassisi Vladislav Bakalchuk aktivlarni Wildberries va Russ - "RVB" MChJ birlashgan kompaniyasiga o‘tkazish bo‘yicha sud ishida yutqazdi, deb xabar beradi "Interfaks" va RBK manbalarga tayanib.

Foto: Komsomolskaya Pravda/Russian Look/IMAGO

Moskva oblasti arbitraj sudi Wildberries marketpleysi hammuassisi Vladislav Bakalchukning kompaniya aktivlarini Wildberries va Russ — "RVB" MChJ birlashgan yuridik shaxsiga o‘tkazish to‘g‘risidagi da’vosini qondirishdan bosh tortdi. Bu haqda biznesmen 19 dekabr, payshanba kuni o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.

Bakalchuk ushbu sud qarorini «g‘ayritabiiy» va «noqonuniy» deb atadi va apellyatsiya berish niyatini e’lon qildi. «Bizning yuridik guruhimiz allaqachon aniq pozitsiyani tayyorlab qo‘ygan va ishonchim komilki, yuqori instansiyada adolat qaror topadi», — deb yozadi u.

Ushbu nizo doirasida tadbirkor Tatyana Kim (Bakalchuk)ka tegishli Wildberries ustav kapitalining 99 foizini xatlovga olish va dividendlarni taqsimlash bo‘yicha qaror qabul qilishni taqiqlash shaklida vaqtinchalik choralar ko‘rishni so‘radi. Bularning barchasi unga rad etildi.

Bundan tashqari, Vladislav Bakalchuk boshqa sud Tatyana Kimning undan va unga tegishli bo‘lgan "VB Development" kompaniyasining bosh direktori Denis Kuznetsovdan 37 milliard rubldan ortiq mablag‘ undirish to‘g‘risidagi da’vosini rad etganini xabar qildi.

Bakalchuk xotini va Wildberries'ni 350 mlrd rubllik da’vo bilan sudga berdi

Wildberries kompaniyasi egasining eri Vladislav Bakalchuk rafiqasi Tatyana Kimga (Bakalchuk), shuningdek, marketpleysni Russ tashqi reklama operatori bilan birlashtirish jarayonida yaratilgan «Vayldberriz» kompaniyasi va «RVB» MChJga nisbatan 350 milliard rubllik da’vo bilan sudga murojaat qildi. Bu haqda tadbirkor 4 oktyabr kuni o‘zining Telegram-kanalida Moskva oblasti arbitraj sudiga arizaning birinchi sahifasi skanerini ilova qilgan holda yozdi.

Bakalchuk ta’kidlaganidek, «RVB» MChJga noqonuniy ravishda o‘tkazilgan Wildberries aktivlari shuncha miqdorda baholangan — «omborlar, logistika obektlari, yuk mashinalari, Wildberries banki, savdo belgilari, dasturiy ta’minot, veb-sayt va boshqalar».

«RVB» MChJ birlashgan kompaniyasining matbuot xizmati RBK nashriga Vladislav Bakalchukdan hali hech qanday da’vo arizasi olmaganligini va hujjatlarni olgandan keyin u qonunda belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishini bildirdi.

Mavzuga oid