Toşkent viloyati Böstonliq tumanida bir oilaning uç nafar a’zosi – er-xotin va farzandi is gazidan zaharlanib vafot etgan.
Boş prokuratura matbuot kotibi Hayot Şamsutdinovning Kun.uz’ga ma’lum qilişiça hodisa 2024 yil 19 dekabr kuni Böstonliq tumanining Xöjakent qişloğida sodir bölgan.
Şu kuni Böstonliq tumani yaşovçi fuqaro N.X. tuman IIB boşliği nomiga ariza bilan murojaat qilib, “Fazogir” MFY Fazogir köçasi 22-uy 4-xonadonda yaşagan 35 yoşli opasi N.S., 43 yoşli poççasi B.S. va jiyani 8 yoşli B.M. yaşaş xonadonida vafot etganini ma’lum qilgan.
Böstonliq tuman sud-tibbiyot ekspertizasining dastlabki ma’lumotnomasiga köra, 35 yoşli N.S.ning ölimi is gazidan zaharlaniş oqibatida sodir bölgan.
Qayd etilişiça, mazkur holat yuzasidan Böstonliq tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekşiruv xarakatlari olib borilmokda.
Kun.uz manbasining aytişiça, hodisaga qişloqda tabiiy gazning öçib qayta yoqilgani sabab bölgan bölişi mumkin. “Qişloğimizda gazni xohlasa öçirişadi, xohlasa yoqişadi”, deydi şu qişloqda yaşovçi manba.
Avvalroq, 2024 yil 17 dekabr kuni Qarşi şahrida 4 kişi – 46 yoşli erkak, uning 18, 16 va 10 yoşli uç farzandi is gazi tufayli vafot etgandi.








