Rossiyalik harbiylar 20 dekabr tongida ballistik raketalar bilan Kiyevga zarba berişdi. Ukraina poytaxti rasmiylariga köra, bir kişi hujum qurboni bölgan, yana kamida 10 kişi jarohatlangan.
Kiyev harbiy ma’muriyati va Kiyev şahri meri Vitaliy Kliçko yaralanganlarning olti nafari şifoxonaga yotqizilganini xabar qilgan.
Ukraina havo kuçlariga köra, Rossiya soat yettilar atrofida Kiyevga «Iskander-M» tizimidan beşta ballistik raketa uçirgan. Ukrain harbiylariga köra, raketalarning barçasi urib tuşirilgan.
Raketa parçalari Kiyevning Goloseyevskiy, Dniprovsk, Solomensk va Şevçenkovo rayonlariga tuşgan.
Goloseyevskiy rayonida ikki kişi jarohatlangan, issiqlik magistrali şikastlangan, bir neça avtomobil yonib ketgan, deb xabar beradi Kiyev meri Vitaliy Kliçko. Issiqlik magistrali şikastlanişi tufayli 630 ta turar joy, 16 ta şifoxona, 17 ta maktab va 13 ta bolalar boğçasi issiqlik ta’minotisiz qolgan, deb xabar beradi, Kiyev rasmiylari.
Poytaxtning Solomenskiy va Şevçenkovo rayonlarida parçalar tuşişi oqibatida bir neça yonğin kelib çiqqan.
Şuningdek, hujum oqibatida Kiyevdagi Mikolayiv çerkovi ham zarar körgan.

Raketalar hujumi boşlanişidan oldinroq, 20 dekabrga ötar keçasi Ukraina poytaxti tomon rossiyaliklarning dronlari uçib kelgan, deb xabar bergan mahalliy ma’muriyat. Kiyev rasmiylariga köra, barça dronlar şaharga kirmasidan zararsizlantirilgan. Uçuvçisiz uçar qurilmalardan birining parçalari Desnyansk rayonidagi notutar joy binosiga tuşgan.
Rossiya mudofaa vazirligi Kiyev böylab zarbalarni Ukraina qurolli kuçlarining 18 dekabr kuni ATACMS va Storm Shadow raketalari bilan Rostov oblastidagi «Kamenskiy kombinati»ga qilgan hujumiga javob deb atagan (Ukraina tomoni bu bayonot yuzasidan izoh bermagan). Rossiya Ukraina ğarb raketalarini özining içkari hududlariga zarba berişda foydalanişni boşlaşidan oldin ham, uruşning ilk kunlaridan buyon Kiyev va Ukrainaning boşqa şaharlariga zarbalar yöllab keladi.
Idora bayonotiga köra, Rossiyaning 20 dekabr kungi hujumi nişonlari Kiyevdagi «Luç» konstruktorlik byurosi va «Ukraina qurolli kuçlari boşqaruv punkti» bölgan.











