Qirğiziston prezidenti Sadir Japarov Bişkekdagi III Xalq Qurultoyida sözlagan nutqi çoğida aholini suv resurslaridan oqilona foydalanişga çaqirdi.
U dunyoda ekologik vaziyatning yomonlaşuvi tufayli suv tanqisligi yil sayin ortib borayotganini aytdi.
«Biz toğli mamlakatmiz, daryolar manbalarida joylaşganmiz. Suv resurslarimiz nafaqat bizni, balki qöşni davlatlarni ham ta’minlaydi. Şu bilan birga, tejalgan har bir litr suv qöşnilarimizga madaddir. Suvdan oqilona foydalaniş nafaqat özimiz, balki qöşni davlatlarda yaşovçi xalqlar oldidagi mas’uliyatimizdir», dedi Qirğiziston rahbari.
Uning sözlariga köra, aholini suğoriş suvi bilan birga içimlik suvi bilan ta’minlaş doimiy e’tibor va qat’iy harakatni talab etadi.
«Biz bu muammoning jiddiyligini tuşunamiz. Sönggi yillarda 400 mingdan ortiq aholini toza içimlik suvi bilan ta’minladik, 2025 yilda esa qöşimça ravişda 150 ming kişini suv bilan ta’minlaşni rejalaştirganmiz. Yurtimizdagi har bir oila toza suv bilan ta’minlanmagunça, biz töxtab qolmaymiz», dedi u.
Ikki kun davom etadigan Qurultoyda respublikaning barça viloyatlaridan 698 nafar delegat, jumladan, 30 ta millat vakillari, 30 ta xorijdagi mehnat migrantlari vakillari, şuningdek, Vazirlar Mahkamasi a’zolari, parlament deputatlari, davlat organlari vakillari va davlat hokimiyati, mahalliy hukumat vakillari iştirok etmoqda.








