Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşi juda uzoq davom etmoqda. Germaniya kansleri Olaf Şols va AQŞning saylangan prezidenti Donald Tramp 19 dekabr, payşanba kuni bölib ötgan telefon muloqoti çoğida şunday fikrga kelişdi, deb xabar bermoqda Germaniya hukumati matbuot xizmati.
Germaniya kanslerining rasmiy vakili Şteffen Xebeştrayt ta’kidlaganidek, «Yevropadagi xavfsizlik muammolari suhbat markazida bölgan». «Ular Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşi juda uzoq davom etayotgani va imkon qadar tezroq halol, adolatli va barqaror tinçlik örnatiş yölidan boriş muhimligi haqida kelişib oldilar», — dedi Xebeştrayt.
Şols nemis kompaniyalarini Ukrainaga sarmoya kiritişga çaqirdi
Germaniya kansleri Olaf Şols 11 dekabr kuni Berlinda Germaniya-Ukraina iqtisodiy forumini oçar ekan, nemis kompaniyalarini Ukrainaga köproq sarmoya kiritişga çaqirdi. «Agar siz bugun va kelgusi yillarda Ukrainaga sarmoya kiritsangiz, demak, siz Yevropa Ittifoqining bölajak a’zosiga investitsiya kiritgan bölasiz», dedi Şols. U Germaniya va Ukraina örtasidagi birinçi qöşma korxonalar mudofaa sanoatida allaqaçon paydo bölganini qöşimça qildi. «Menimça, bu dinamik ravişda davom etişi kerak», dedi Şols.
Kanslerning sözlariga köra, uruşdan keyin Yevropa Ukrainadagi iqtisodiy ösiş sur’atlari va rivojlaniş imkoniyatlarini köradi, «bu ilgari faqat sönggi yigirma yil içida Yevropa Ittifoqiga qöşilgan Markaziy va Şarqiy Yevropa mamlakatlarida kuzatilgandi». Germaniya iqtisodiyoti uşbu muvaffaqiyat tarixida katta rol öynadi va ulardan foyda kördi, deb davom etdi Şols. «Men Ukrainaga nisbatan ham şunga öxşaş narsani xohlayman», deb xulosa qildi kansler.
Hammasi bölib, uning sözlariga köra, Ukrainada 2000 ga yaqin nemis kompaniyasi işlaydi. «Ularning köpçiligi qöşimça sarmoya kiritişni rejalaştirmoqda. Siz mamlakatni qayta tiklaşga yordam beryapsiz», — dedi Şols. Kansler Ukrainaning YeIga qöşilişidan oldin hali köp yöl bosib ötişi kerakligini ta’kidladi. Biroq, bu jarayon «Ukraina nafaqat madaniy va siyosiy jihatdan Yevropaga tegişli ekanligiga, balki Yevropa Ittifoqiga a’zo davlat bölişiga – undan kelib çiqadigan barça huquq va majburiyatlarga ega bölişiga işonç paydo qiladi».









