Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida tadbirkorlikni har tomonlama qöllab-quvvatlaş böyiça joriy yil yakunlari va 2025 yilga asosiy rejalar yuzasidan videoselektor yiğilişi hamda yetakçi tadbirkorlar bilan muloqot boşlandi.

Yirik davlat kompaniyalari transformatsiyadan ötib, taşqi moliya bozoriga çiqmoqda.

Endi tadbirkorlar ham banklar beradigan kredit bilan çeklanib qolmasdan, xalqaro standartlarga moslaşib, çetdan mustaqil resurs jalb qiliş vaqti kelgani ta’kidlandi.

Eng muhimi, xalqaro moliya taşkilotlari bu borada yaqindan hamkorlik qilişga tayyor turibdi.

Savdo-sanoat palatasi xalqaro konsalting kompaniyalarini jalb qilib, tadbirkorlarning taşqi moliya bozorlariga çiqişiga kömaklaşuvçi markaz oçişi muhimligi qayd etildi.

Bu orqali kelgusi yilning özida kamida 100 ta mahalliy kompaniya xalqaro moliya bozorlari bilan işlaşga örgatiladi.