Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida tadbirkorlikni har tomonlama qöllab-quvvatlaş böyiça joriy yil yakunlari va 2025 yilga asosiy rejalar yuzasidan videoselektor yiğilişi hamda yetakçi tadbirkorlar bilan muloqot boşlandi.
Kelgusi yilda marrani katta olib, yalpi içki mahsulotni 120 milliard dollarga, eksportni 30 milliardga yetkaziş, investitsiyani 42 milliarddan oşiriş, 5 million aholini band qiliş, 1,5 million odamni kambağallikdan çiqariş reja qilinmoqda.
Şu yilning özida xususiy sektorda daromad soliği tölovçilar soni 365 mingga köpaydi. Keyingi vazifa – ularning daromadini köpaytirib, munosib hayot keçirişi uçun yetarli şaroit yaratişdan iborat.
Lekin xususiy sektordagi işçilarning 30 foizida rasmiy oylik 1 million sömdan kam qilib körsatilgan. Ayniqsa, Qoraqalpoğiston, Qaşqadaryo, Samarqand, Surxondaryo, Sirdaryo va Xorazmda bu masala juda dolzarb ekani ta’kidlandi. Bu asosan töqimaçilik, quriliş, qişloq xöjaligi, savdo va umumiy ovqatlaniş sohalarida uçrayapti.
Bu holatning sabab-omillarini bartaraf etiş maqsadida tadbirkorlarni qöllab-quvvatlaş çoralari işlab çiqildi.
Masalan, töqimaçilik va çarm sohalarida kamida 2,5 million söm oylik tölaydigan, 15 foiz işçisi ehtiyojmand oiladan bölgan tayyor mahsulot çiqaruvçi tadbirkorlarga yengilliklar beriladi.
Bunday korxonalarning foyda soliği ham, işçisini daromad soliği ham 1 foiz böladi. Bu imtiyozga javoban ular 50 ming ehtiyojmand odamni işga oladi.
Davlat boşqa tarmoqlar uçun ham bu yil tugaydigan imtiyozlarni mana şunday ijtimoiy mezon bilan uzaytirişga tayyor.








