Yigirmaga yaqin bola Andijon viloyatidan Qoraqalpoğistonga uçta Damas maşinasida olib ketilayotgani aniqlandi. Bu haqda Yöl harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.

Qayd qilinişiça, 15 dekabr kuni Buxoro viloyati hududida uçta Damas töxtatilgan. Maşinalarda 3 nafar murabbiy va yigirmaga yaqin bola borligi aniqlangan.

Ta’kidlanişiça, bolalar 1,5 ming kilometr masofaga, Nukus şahrida ötkazilişi rejalaştirilgan kuraş musobaqasiga olib ketilgan. Har bir maşinada 6−7 nafar bola va bir murabbiy bölgan.

Ma’lumot örnida, Vazirlar Mahkamasi qaroriga asosan bolalar guruhi, umumta’lim maktablari va örta maxsus ta’lim muassasalari öquvçilari faqat maxsus jihozlangan xizmat avtomobillaridan foydalangan holda, içki işlar organlari kuzatuvida taşilişi belgilangan.