Fransiya hukumati 19 dekabr, payşanba kuni keçqurun Çad hukumatidan fransuz harbiy kontingentini 31 yanvarga qadar uşbu Afrika mamlakatidan töliq olib çiqib ketiş töğrisida xabarnoma oldi, deb xabar berdi Fransiya xalqaro radiosi (RFI) hukumatga yaqin manbalarga tayanib.
RFI suhbatdoşlari Çadning talablarini real emas deb atadi. Fransiyaning yuqori martabali harbiy amaldorlari ommaviy axborot vositalariga bergan intervyusida: «Ming nafar askar va köplab jihozlarni yetti hafta içida olib çiqib ketişning iloji yöq», dedi. Ular qabul qilingan xabarnomani «Çaddagi hokimiyat doiralarining bosimi» deb atadi, şu bilan birga, muzokaralar davom etayotganini va «texnik xarakterga ega, ammo yaxşi ketayotganini» tuşuntirdi.
Çad rasmiylariga yaqin manbaning aytişiça, fransuz qöşinlarini olib çiqişning dastlabki jadvali mart oyigaça hisoblangan, biroq u juda uzoq deb hisoblangani uçun rad etilgan. RFI suhbatdoşiga köra, Çad uçun eng yaxşi variant fevral oyi oxirigaça yoki Ramazon oyi (12 mart) boşlanişidan oldin harbiylarni olib çiqiş böladi. «Vaziyatning Sahel davlatlari ittifoqiga aloqasi yöq. Biz har ikki tomonga mos keladigan yeçim topişga harakat qilmoqdamiz», — deya qöşimça qildi u.
Fransuz qöşinlari evakuatsiyasi
RFI ta’kidlaşiça, bir neça kun avval Fransiyaning Mirage-2000 qiruvçi samolyoti Çad poytaxti Njamena yaqinidagi aviabazani tark etgan, keyingi hafta esa Fransiyaning Fay-Largeau (50 nafar askar) va Abeşe (taxminan 100 kişi) nazorat-ötkaziş punktlarini evakuatsiya qiliş boşlanadi. «Biz kuçlar va aktivlarni böşatiş jadal sur’atlar bilan davom etayotganini körsatmoqçimiz», deb ta’kidladi fransuz harbiy amaldorlari va bu hududlar Njamenadan ön kunlik yölda joylaşganligini qayd etdi. Keyinçalik Çad poytaxti yaqinidagi Adji-Kossey bazasidan fransuz harbiylarini olib çiqişni boşlaş rejalaştirilgan.
Çad ilgari Fransiyaning mustamlakasi edi. Afrika respublikasi 1960 yilda mustaqillikka erişdi. 29 noyabr kuni mamlakat hukumati Fransiya bilan 2019 yilda imzolangan mudofaa şartnomasini bekor qildi. Çad hukumati bu qarorni respublika suverenitetini himoya qiliş istagi bilan izohladi. Şartnomaning bekor qilinişi mamlakatga strategik şeriklik munosabatlarini qayta körib çiqiş imkonini beradi, deb tuşuntirdi Çad TIV.
Aprel oyida respublika hukumati Amerikaning Adji-Kossey aviabazasidagi harbiy faoliyatini töxtatişni talab qilib, ularning mavjudligi uçun asos yöqligini körsatdi. Öşa oyda Pentagon ba’zi harbiy xizmatçilarni Çaddan olib çiqib ketganini e’lon qildi.








