Hokimlar va futbol. Yil boşidagi maqsad va xarajatga yaraşa qanday natijaga erişildi?
|19:21 / 21.12.20245 49312 min
Özbekistonda viloyat hokimlari avtomatik tarzda viloyat futbol assotsiatsiyasi prezidenti ham sanalişi bois, aksariyat hududlardagi futbolga bölgan e’tibor köp jihatdan öşa hudud hokimining uşbu sport turiga qiziqişi darajasiga boğliq böladi.
Uşbu mavsum oldidan ham aksariyat viloyat hokimlari jamoalar oldiga çempionlik vazifasini qöygan edi. Jumladan, Farğona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov «Neftçi», Namangan viloyati hokimi Şavkat Abdurazzoqov «Navbahor», Qaşqadaryo viloyati hokimi Murodjon Azimov «Nasaf» oldiga çempionlik vazifasini qöygan edi. Yakunda voha klubi vodiy jamoalarini ortda qoldirib, jamoa uçun qilingan katta xarajatlarni oqladi, deyiş mumkin.
Tribuna.uz sayti yil boşida aksariyat klublar oldiga qanday maqsad qöyilgani, klublarning yillik taxminiy xarajati va yakunda qanday natijaga erişganiga nazar taşladi.
2024 yilgi mavsum oldidan:
Hokim Qaşqadaryo xalqi çempionlikni kutayotganini aytdi, Röziqul Berdiyev va’da berdi
«Nasaf» jamoasining 2024 yilgi mavsum oldi taniştiruv marosimida viloyat hokimi Murodjon Azimov, klub boş homiysi sanalmiş «Şörtan gaz-kimyo majmuasi» rahbariyati iştirok etib, 2024 yilda Qaşqadaryo ahli jamoadan faqat va faqat çempionlik kutayotganini ma’lum qildi.
«Qaşqadaryo xalqi ançadan buyon sevimli jamoamizning Özbekiston çempionligini qölga kiritişni orzu qilmoqda. Joriy yilda uşbu orzuni uşalişiga bor kuçimiz bilan harakat qilişimiz kerak. Jamoamiz oldidagi maqsad va vazifalarni bajariş uçun viloyat rahbariyati har qanday yordamni ayamaydi», - deya ta’kidlagan Azimov.
Jamoa nomidan sözga çiqqan boş murabbiy Röziqul Berdiyev yil davomida «Nasaf»ni qöllab-quvvatlagan barçaga öz minnatdorçiligini bildirib, yangi mavsumda jamoa oldiga qöyilayotgan maqsad yölida birlaşib, viloyat ahli uzoq kutgan çempionlik uçun kuraşişga va’da bergan.
2024 yilgi mavsum yakuni: «Nasaf» ilk bor Superliga çempioni
Boş murabbiy Röziqul Berdiyev mavsumda jamoasi oldiga qöyilgan vazifani muddatdan avval bajarib, ilk bor çempionlikni boşi uzra kötardi. Tribuna.uz saytiga ma’lum bölişiça, «Nasaf»ning yil boşida Superligadan taşqari, OÇLda ham iştirok etişi inobatga olinib, yillik budjeti taxminan 130 milliard söm atrofida belgilangan. Özbekistonda yillik eng katta smeta va buning evaziga barqaror tarkib qilingani ham yakunda «Nasaf»ning muvaffaqiyatli odimini ta’minladi.
E’tiborlisi, 2025 yildan Qaşqadaryo viloyatining özidan Superligada 3ta jamoa - «Nasaf» (Qarşi), «Maş’al» (Muborak) va «Şörtan» (Ğuzor) iştirok etadi.
Mavzuga oid
2024 yilgi mavsum oldidan:
«Çempion böliş vaqti keldi» – Namangan viloyati hokimi yangi mavsum şiorini belgiladi
«Navbahor» klubining sönggi yillardagi muvaffaqiyatida Namangan viloyati hokimi va jamoaning birinçi raqamli işqibozi Şavkat Abdurazzoqovning hissa katta böldi. Viloyat rahbari sönggi 3 yildan buyon jamoa oldiga çempionlik maqsadini qöyib kelayotgan bölsa-da, Samvel Babayan murabbiyligidagi jamoa çempionlik sovrinini Namanganga olib kela olmadi.
Taqdimot marosimida Namangan viloyat hokimi klub Osiyo Çempionlar Ligasida tarixiy natija qayd etganini ta’kidlab, «Çempion böliş vaqti keldi», deya yangi mavsum şiorini belgiladi. Çempionlikni Toşkentdan Namanganga olib keliş uçun esa Odil Hamrobekov, Farrux Sayfiyev, Siyovuş Haqnazariy, Ruslan Jiyanov, Giorgi Nikabadze singari nomdor öyinçilar taklif etilganini ma’lum qilgandi.
2024 yilgi mavsum yakuni: «Navbahor» yana çempion bölolmadi
Namangan klubi tarkibga jalb etilgan katta maoşli futbolçilarga qaramay Superligada çempionlik kuraşidan çiqqani ma’lum bölgaç, viloyat hokimi Samvel Babayanni iste’foga çiqardi. Klub esa Sergey Luşan qöl ostida çempionatni bir amallab 3-örinda yakunladi va bronza medaliga ega çiqdi.
«Navbahor» sönggi yillar davomida taxminan 70-80 milliard söm yillik budjeti bilan çempionlikka erişa olmagaç, Namangan viloyati hokimi katta budjet sovringa ega çiqişni kafolatlay olmasligini tuşundi şekilli, 2024 yil yakunida jamoaning katta maoşi öyinçilari Jamşid Iskanderov, Odil Hamrobekov, Farrux Sayfiyev, Toma Tabatadze, Filip Ivanoviç, Yovan Jokiç, Siyovuş Haqnazariy singari öyinçilar bilan xayrlaşib, tarkibga namanganlik mahalliy öyinçilarni jalb etişga qaror qildi.
2024 yilgi mavsum oldidan:
Xayrullo Bozorov: «Neftçi»ning bu yilgi maqsadi bitta – çempionlik!»
Farğona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov sönggi 4 yildan buyon «Neftçi» klubiga katta e’tibor qaratmoqda. Bozorov yil boşidagi taniştiruv marosimida 2024 yilda jamoa oldiga ilk marta çempionlik vazifasi qöyilgani va buning uçun barça şaroitlar yaratilganini ma’lum qildi.
«Bu yilgi maqsad bitta, bu ham bölsa faqat – çempionlik! Boş murabbiyi Vitaliy Levçenko va jamoamizga işonaman. Mavsumga yuqori darajada tayyorgarlik körildi, tarkib kuçaytirildi. Mavsum yakunida sizlar bilan jamoamizni quçoq oçib, çempionlik bilan tabriklaş nasib qilsin», - dedi Xayrullo Bozorov futbolçilarning taqdimot marosimida.
2024 yilgi mavsum yakuni: «Neftçi» 5-örinda
Vitaliy Levçenko murabbiyligidagi Farğona jamoasiga yil boşida çempionlik vazifasi qöyilgan bölsa-da, «Neftçi» mavsum davomida barqaror böla olmadi. Orada jamoadagi moliyaviy holat yaxşi emasligi, maoşlarni tölaşda uzilişlar bölayotgani haqida xabarlar yangradi. Oxir-oqibat jamoa mavsumni 5-örinda yakunladi. Tribuna.uz manbasiga köra, yil boşida «Neftçi» oldiga çempionlik vazifasi qöyilgaç, klubning 2024 yildagi xarajatlari smetasi 100 milliard sömni taşkil qilgan.
Katta xarajatga qaramay, çempionlikka erişilmagan bölsa-da, viloyat hokimi Xayrullo Bozorovning taşabbusi bilan «Neftçi» 2025 yilda ham çempionlikni maqsad qilgan va allaqaçon tarkibga nomdor öyinçilarni jalb qildi. Taklif etilgan yangi legionerlardan biri Vladimir Yovoviçning yillik maoşi 300 ming AQŞ dollarini taşkil etişi aytilmoqda. Bu Farğona klubining 2025 yilgi jami budjetidan qariyb 4 milliard söm aynan çernogoriyalik uşbu legionerning maoşi uçun sarflanişini anglatadi...
2024 yilgi mavsum oldidan:
Jahongir Ortiqxöjayev «Paxtakor» oldiga ilk bor çempionlik vazifasini qöymadi
«Paxtakor» klubining prezidenti sanalmiş sobiq Toşkent şahar hokimi Jahongir Ortiqxöjayev «Paxtakor» öyinçilari bilan mavsum oldi uçraşuvda klub yangilanayotganini ma’lum qilgan va bu tarkib oldiga çempionlik vazifasini qöymadi.
«Paxtakor» yangilandi. Sizlarni körib közim quvnayapti. 5-6 nafaringizni inobatga olmasa, barçangiz yoşsiz. Bunday imkoniyat har doim ham bölmaydi. Futbolçining sportdagi hayoti qisqa. 2 yil qattiq mehnat qiling, pul sizni özi quvsin. Men sizlar bilan hali katta loyihalarga qöl uraman. Endi klubning asosiy strategiyasi yoşlarni Yevropaga şu yerning özidan sotiş böladi. Bu esa milliy jamoamiz uçun ham foyda. Heç qaçon maydonda özingizni xafa qildirmang», - deya Ortiqxöjayevning sözlarini keltirgan klub matbuot xizmati.
2024 yilgi mavsum yakuni: «Paxtakor» 6-örinda
Maksim Şatskix murabbiyligidagi «Paxtakor» oldiga çempionlik vazifasi qöyilmagaç, asosan yoşlarga tayangan uşbu jamoa turnirni 6-örinda yakunladi. Mavsum yakunida esa Ortiqxöjayev Dragan Çergan va yana bir qator tajribali öyinçilarni tarkibdan çetlatgani ma’lum böldi.
Klub raisi yaqinda jamoaning portugaliyalik yangi boş murabbiyini taniştirib, «Paxtakor» 2025 yilda çempionlik uçun kuraşişini ma’lum qildi. Şatskix esa uning maslahatçisi sifatida faoliyat yuritişini aytib ötdi. Ortiqxöjayev «Paxtakor»ning 2024 yildagi yillik xarajatlar smetasi uçun qariyb 100 milliard söm sarflagani, 2025 yilda esa klubning yillik budjeti 100 milliard sömdan oşişini ma’lum qildi.
Qolgan klublar qança xarajat qildi?
Superligada «Paxtakor»dan keyingi 7-örinni«Surxon» jamoasi egalladi. Taniqli tadbirkor Baxtiyor Fozilov va Eriell kompaniyasi tomonidan moliyalaştirilgan uşbu jamoaning yillik xarajat smetasi taxminan 50-60 milliard sömni taşkil etgan.
Pro ligadan qaytgan «Dinamo» bu yil çempionatda 8-örinni egalladi. Yil boşida viloyat hokimi Erkinjon Turdimov jamoa oldiga aniq vazifa qöymagan bölsa-da, Vadim Abramov jamoasi öz öyini bilan muxlis va mutaxassislar e’tiboriga tuşdi. Xususiy «Agromir Group» kompaniyasi tomonidan moliyalaştirilgan uşbu klub Superliga-2024da eng kam budjetga ega bölgani haqida jamoa murabbiyi matbuot anjumanida aytib ötgan edi. «Dinamo»ning 2024 yilgi yillik budjeti taxminan 40 milliard söm bölgan. Samarqand jamoasi yangi hokim Adiz Boboyev rahbarligida qanday iştirok etişini 2025 yilgi mavsumda köramiz.
Andijon viloyati hokimi Şuhrat Abdurahmonov va ÖzAvtoSanoat rahbariyati yil boşida «Andijon» oldiga çempionlik vazifasini qöymagan bölsa-da, klub yuqori örinlar uçun kuraşişi kerakligi haqida gapirilgandi. Mavsumda Aleksandr Xomyakov şogirdlari sensatsion tarzda Özbekiston kubogi-2024 ğolibiga aylanişdi. Bunga javoban klub rahbariyati va viloyat hokimi tomonidan jamoa öyinçilariga ğoliblik uçun 200 million sömdan mukofot pullari berilgan. Umuman olganda esa klubning yillik xarajatlar smetasi taxminan 45 milliard sömni taşkil etgan. Klub mavsumni 9-örinda tugatdi.
Superliga joriy mavsumida ligada qoliş uçun kuraşgan va yakunda turnirni 10-örinda yakunlagan «Bunyodkor» klubining yillik xarajatlar smetasi taxminan 100 milliard söm atrofida bölgan. Klub «Özbekneftgaz» tomonidan moliyalaştirilgan.
Superligada 11-örinni olgan «Qizilqum» klubi odatdagidek Navoiydagi yirik sanoat taşkiloti NKMK tomonidan moliyalaştirildi. Tribuna.uz ma’lumotlariga köra, Jamşid Saidov murabbiyligidagi «Qizilqum» klubining yillik budjeti taxminan 50 milliard söm atrofida bölgan.
Superliga 2024 yilgi mavsumi yakunida elitadagi örnini saqlab qoliş uçun kuraşgan va ayni damda ligada qoliş-qolmasligi noma’lum bölib turgan 3 jamoa - «Metallurg», «Olimpik» va «Lokomotiv» orasidan Pro ligaga ravona bölgan Toşkent jamoasining yillik smetasi taxminan 65 milliard söm atrofida bölgan, «Metallurg»ning yillik budjeti esa 50 mlrd söm atrofida qilingan. «Olimpik»ning yillik xarajatlari smetasi haqida esa ma’lumot topişning imkoni bölmadi.