O‘zbekiston | 11:06 / 21.12.2024
109668
3 daqiqa o‘qiladi

Kelgusi hafta boshida kutilayotgan ob-havo ma’lum qilindi

Sinoptiklar 23-25 dekabr kunlari kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Foto: Kun.uz

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat 23 dekabrda kechasi –7...–12, kunduzi –3...+2, 24 dekabrda kechasi –5...–10. kunduzi 0...+5, 25 dekabrda kechasi –3...–8, kunduzi 0...+5 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat 23 dekabrda kechasi –5...–10, kunduzi 0...+5, 24 dekabrda kechasi –2...–7, kunduzi +3...+8, 25 dekabrda kechasi –3...+2, kunduzi +5...+10 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat 23 dekabrda kechasi –5...–10, kunduzi 0...+5, ba’zi joylarda –2, 24 dekabrda kechasi –2...–7, kunduzi +2...+7, 25 dekabrda kechasi –3...+2, kunduzi +5...+10 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat 23 dekabrda kechasi –2...–7, kunduzi +3...+8, 24 dekabrda kechasi –3...+2, kunduzi +5...+10, 25 dekabrda kechasi 0...+5, kunduzi +7...+12 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat 23–24 dekabrda kechasi –5...–10, kunduzi –3...+2, 25 dekabrda kechasi –2...–7, kunduzi +2...+7 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat 23 dekabrda kechasi –8...–13, kunduzi 0...–5, 24 dekabrda kechasi –5...–10, kunduzi 0...+5, 25 dekabrda kechasi –3...–8, kunduzi 0...+5 daraja bo‘ladi.

Mavzuga oid