Moskva aeroportida Rossiya ta’lim vazirining sobiq o‘rinbosari qo‘lga olindi
Rossiyada firibgarlik ishi bo‘yicha qidiruvda bo‘lgan sobiq vazir o‘rinbosari Moskvadagi aeroportlarning birida qo‘lga tushdi. U sheriklari bilan davlat budjeti mablag‘larini o‘zlashtirishda ayblanmoqda.
Moskvadagi aeroportlarning birida firibgarlik ishi bo‘yicha federal qidiruvda bo‘lgan Rossiya ta’lim vazirining sobiq o‘rinbosari qo‘lga olindi. Bu haqda mamlakat Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
Idora qo‘lga olingan shaxsning ismini oshkor etmagan. Kuch tuzilmalariga yaqin bo‘lgan Telegramʼdagi «112» kanalining yozishicha, ushlangan shaxs 2024 yil avgust oyida o‘z xohishiga ko‘ra lavozimdan ketgan Denis Gribovdir.
Tergov versiyasiga ko‘ra, sobiq vazir o‘rinbosari sheriklari — bo‘ysunuvida bo‘lgan institutning sobiq prorektori, kadrlar tayyorlash sohasidagi kompaniya direktori va xodimi bilan Rossiya budjetidan kasb-hunar ta’limini rivojlantirish uchun ajratilgan mablag‘larni o‘g‘irlash sxemasini ishlab chiqqan. Ular pedagoglarga amaliyot o‘tashlari uchun davlat shartnomasini tuzgan, biroq ularni o‘tkazmagan.
«Ishning amalga oshirilganini tasdiqlash uchun sheriklar soxta hisobot hujjatlarini tayyorlagan. 54 million rubldan ortiq budjet mablag‘lari o‘zlashtirilgan va gumonlanuvchilar o‘rtasida taqsimlangan», — deyiladi IIV xabarida.
Ishga aloqador boshqa uch kishi ham ushlangan — ularning ham ismi oshkor etilmayapti.
Sobiq vazir o‘rinbosari Rossiyadan tashqarida «tergovdan yashiringan». Unga nisbatan ayblov va qidiruv e’lon qilingan. Sobiq amaldor mamlakatga uchib kelganida qo‘lga tushgan.
Mavzuga oid
14:20 / 21.12.2024
RF atletlariga neytral maqomda OO‘ga yo‘llanma olish uchun ruxsat berildi
11:41 / 21.12.2024
Rossiya va Ukraina halok bo‘lgan harbiylar jasadini almashdi
23:32 / 20.12.2024
OAV: 2024 yilda Ukrainadagi urushda 20 mingdan ziyod rossiyalik harbiy halok bo‘ldi
17:48 / 20.12.2024