«Atmosfera havosini ifloslantiruvçi manbalarni xatlovdan ötkaziş hamda unga taşlanayotgan ifloslantiruvçi moddalar miqdorini belgilaş töğrisidagi yöriqnoma» Adliya vazirligida davlat röyxatidan ötkazildi.
Mazkur Yöriqnoma atmosfera havosini ifloslantiruvçi manbalarni xatlovdan ötkaziş tartibini belgilaydi.
Atmosfera havosini ifloslantiruvçi manbalarni xatlovdan ötkaziş quyidagi bosqiçlarda amalga oşiriladi:
- atmosfera havosini ifloslantiruvçi manbalarni xatlovdan ötkaziş uçun tayyorgarlik köriş;
- atmosfera havosini ifloslantiruvçi manbalarni xatlovdan ötkazişda ölçaşlar olib boriş va hisob-kitob işlarini bajariş;
- atmosfera havosini ifloslantiruvçi manbalarni xatlovdan ötkaziş natijalarini rasmiylaştiriş;
- atmosfera havosini ifloslantiruvçi manbalarni xatlovdan ötkaziş natijalarini kelişiş va tasdiqlaş.
Atmosfera havosini ifloslantiruvçi manbalarni xatlovdan ötkaziş atmosfera havosiga ifloslantiruvçi moddalarni çiqaruvçi taşkilotlar tomonidan mustaqil ravişda amalga oşiriladi.
Obekt tomonidan atmosfera havosini ifloslantiruvçi manbalarni xatlovdan ötkaziş natijalari böyiça tuzilgan materiallar rasmiylaştiriladi va obekt rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Bunda, uşbu materiallar obekt rahbari tasdiqlagan kundan e’tiboran bir iş kun içida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vazirligining hududiy organiga körib çiqiş uçun taqdim etiladi va ular taqdim etilgan kundan e’tiboran 15 kun içida körib çiqiladi.







