“Hududlarda yuqori iqtisodiy ösiş va aholi bandligini ta’minlaşning yangi tizimini yölga qöyiş hamda bu borada mahalliy hokimliklarning roli va mas’uliyatini oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi prezident farmoni qabul qilindi.
Mahalliy hokimliklar mas’uliyati va hisobdorligini oşiriş hamda ularning taşabbuskorligi, islohot va özgarişlarga “egalik qiliş” rolini kuçaytirişga qaratilgan tizim joriy etiladi.
2025 yilda respublika va hududlar kesimida iqtisodiy ösiş, işsizlik hamda kambağallik darajasini pasaytiriş böyiça maqsadli körsatkiçlar tasdiqlandi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlariga quyidagi moliyaviy imkoniyat va vakolatlar beriladi:
▪️2025 yil 1 yanvardan aylanmadan olinadigan soliq, yuridik şaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq, yuridik şaxslardan olinadigan yer soliği, davlat aktivlarini ijaraga berişdan tuşumlarni töliq hajmda hamda jismoniy şaxslardan olinadigan daromad soliği tuşumlarining kamida 50 foiz qismini tuman (şahar)lar budjetlariga ötkaziş;
▪️mahalliy davlat hokimiyati organlariga tegişli bölgan aksiyalar (uluşlar)ni sotişdan tuşgan mablağlarning 90 foizi Qoraqalpoğiston Respublikasining respublika budjetiga, viloyatlarning viloyat budjetiga va Toşkent şahrining şahar budjetiga hamda obekt joylaşgan tuman (şahar) budjetiga teng uluşlarda taqsimlanadi.








