Angliya: Londonda himoyasiz öyin

«Tottenhem» — «Liverpul» 3:6
Gollar: Meddison (41), Kulusevski (72), Solanke (83) — Dias (23, 85), Mak Allister (36), Soboslai (45+1), Saloh (54, 61).
«Tottenhem» – Forster, Spens, Grey, Dreguşin, Porro, Bissuma, Sarr (Bergvall, 58), Son (Verner, 82), Meddison (Jonson, 58), Kulusevski, Solanke.
«Liverpul» – Alisson, Roberson, van Deyk, Gomes, Aleksander-Arnold, Mak Allister (Jons, 68), Gravenberh, Gakpo (Jota, 68), Soboslai, Saloh (Elliot, 87), Dias (Nunes, 87).
Ogohlantirişlar: Gakpo (31), Soboslai (52), Bergvall (79).

«Liverpul» ötgan mavsumning birinçi davrasidagi mojaroli öyindagi mağlubiyatni (Diogo Jota bahsli vaziyatda çetlatilişi, Luis Diasning toza goli inobatga olinmasligi, töqqiz kişi bölib öynagan mersisaydliklar qöşimça daqiqalarda Matipning avtogoli tufayli yutqazişi) hali ança vaqtgaça unutmaydi. Qizillar javob öyinida qasos olişgandi (4:2), ammo joriy mavsumning 17-turi markaziy uçraşuvida «Liverpul» mehmon emas, mezbondek harakat qildi. Mersisaydliklar yovvoyi pressingi bilan «Tottenhem»ni 3-daqiqadanoq qörquvga sola boşladi, Forster töpni Salohning oyoğiga taşlab berganida, misrlik hujumçi darvozaga töğri zarba bera olmadi. Bir daqiqa ötib Diasning zarbasidan keyin töp ustun yonidan ötib ketdi, 10-daqiqada qizil futbolkadagi futbolçilar uçinçi xavfli vaziyatga ega bölişdi — Salohning zarbasini darvozabon qaytardi.

Vaqt ötgan sayin qanot himoyaçisi bölgan 18 yoşli Greyni mudofaa markaziga qöyişga majbur bölgan «Tottenhem» bunday bosimga doş bera olmasligi oydinlaşib bordi. Saloh aynan yoş himoyaçini jarima maydonida aldab ötib, kuçli zarbasi bilan tösinni titratdi. 23-daqiqada esa Trent öz uslubidagi uzatmasi bilan töpni Diasning boşiga qöndirib berdi. Kolumbiyalik hujumçining bu safargi golini heç kim bekor qila olmasdi.

Umuman olganda, «Liverpul» bu mavsumdagi eng kuçli bölimini ötkazdi. Slot jamoasi tom ma’noda «Tottenhem»ni jarima maydoniga qamab qöydi va töpni qanotdan qanotga oşiriş orqali himoyaçilarni çarçatib, Forster darvozasi qarşisida tahlikali vaziyat yuzaga keltirdi. Uzatmalardan biri Soboslaining boşiga keldi, u aniq zarba bera olmadi, ammo Mak Allister töpni darvozaga kiritib yubordi.

«Şporlar» esa uzun paslar evaziga raqib hududiga yetib borişga urindi. Bu köpam iş bermadi, ammo mezbonlar baribir javob golini urişdi. Bu Mak Allisterning xatosi tufayli röy berdi — Meddison töpni olib qöydi va Alissonning yaqin burçagini nişonga oldi. «Liverpul» fanatlarida hakamga e’tiroz bölgani tabiiy — Aleksisga qöpollik işlatilgan bölişi ham mumkin edi.