AQŞ prezidenti Jo Bayden ma’muriyati 18 dekabr kuni Kaliforniya ştatiga 2035 yilga qadar barça yangi avtomobillar sotuvida nol emissiya bölişini talab qiluvçi öz reglamentini töliq amalga oşirişga ruxsat berdi. Bu haqda Kaliforniya gubernatorligi ma’lum qildi.

Kaliforniya havo resurslari kengaşi tomonidan 2022 yilda qabul qilingan Advanced Clean Cars II (ACC II) reglamenti içki yonuv dvigateliga ega avtomobillar uçun emissiyalarni kamaytirişga doir qattiq talablarni ilgari suradi.

«Bayden-Xarris ma’muriyati biz önlab yillar davomida bilgan narsamizni yana bir bor tasdiqladi – Kaliforniya havoni tozalaş va ifloslanişni kamaytiriş orqali odamlarimizni himoya qiliş muammosiga yeçim topişi mumkin. Har qaçongidan ham köproq marka va modellar mavjudligi sababli, millionlab kaliforniyaliklar allaqaçon elektromobillarga ötişdi. Avtomobil işlab çiqaruvçilari bu borada bizning iste’molçilar bilan birga qoliş niyatida ekanliklarini oçiq aytdi. Biz odamlarning pulini tejaydigan toza avtomobillar sari intilamiz.

Kaliforniya gubernatori Gavin Nevsom

Saylangan prezident Tramp kabi tanqidçilar neft sanoatini iste’molçilar va mahalliy avtomobil işlab çiqaruvçilardan ustunroq köryapti, lekin Kaliforniya bozorda yangi innovatsiyalarni qöllab-quvvatlaşda davom etadi», – degan Kaliforniya gubernatori Gavin Nevsom.

Qazilma yoqilğilarda (benzin, dizel, gaz kabilar) yuradigan transportlar Kaliforniyadagi havo ifloslanişining eng katta manbayi hisoblanadi. Yuqoridagi tartibga işga tuşişi 2035 yilga qadar ştatda töliq içki yonuv dvigatelida yuradigan yangi yölovçi transport vositalarini sotişni bosqiçma-bosqiç töxtatadi.

Kaliforniya gubernatorligiga köra, Advanced Clean Cars II reglamenti quyidagilarni nazarda tutadi:

  • Iste’molçilar puli tejaladi. Hisob-kitoblarga köra, haydovçilar texnik xizmat körsatiş va yoqilği narxining pastligi tufayli nol emissiyali maşinalarga ötişda 7,5 ming dollar mablağini tejaydi. Tejalgan mablağ jami 90 milliard dollardan oşadi.
  • Hayotni va soğliqni saqlaş xarajatlari uçun ham milliardlab dollarlar tejaladi. Ifloslantiruvçi moddalar 25 foizdan köproqqa qisqarişi natijasida ştat aholisi nafas yöllari kasalliklari bilan boğliq tibbiy xarajatlarni 13 milliard dollargaça tejaydi.