Qaşqadaryo viloyatida kömir ta’minoti uçun ajratilgan mablağlarni talon-toroj qilgan MÇJ rahbari aniqlandi. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xabar berdi.

Muborak tumanida “B.F.” MÇJ rahbari A.E. va boşqalar özaro til biriktirib, DXŞ bitimiga asosan kuz-qiş mavsumida aholini kömir bilan uzluksiz ta’minlaş maqsadida ajratilgan mablağlarning 514,8 mln sömini boşqa maqsadlarga sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.