Ğazoda davom etayotgan harbiy harakatlar va qişki jalalar odamlar turmuşini yanada oğirlaştirib, ularga oçarçilik xavfini solişda davom etyapti. Birlaşgan Millatlar Taşkilotining insonparvarlik taşkilotlari vakillari ta’kidlaşiça, Ğazo butun boşli “qabristonga” aylanib qolgan.
“Dunyo bu odamlarning holi nima keçayotganini körmayapti, bunday şaroitda oilalarning boşpana qiladigan joyi yöq”, — dedi BMTning Falastin qoçqinlari işlari böyiça agentligi (UNRWA) vakili Luiza Uoterij.
Ğazo markazidagi qoçoqlar lageri Nusayratdan turib çiqiş qilgan Uoterij hudud tun böyi kuçli jala ostida qolganini aytib, butun anklav “qabristonga aylanganini” ma’lum qildi.
“Ikki milliondan ortiq odam tuzoqqa tuşib qolgan. Ular bu yerdan çiqib ketolmayapti. Odamlar oddiy xizmatlardan mahrum, istalgan yöl ölimga yetaklaydigandek tuyuladi”, — dedi Uoterij.
BMT Bolalar jamğarmasi vakili Rozaliya Bollen ham taşvişli çiqiş qildi. U sektordagi oziq-ovqat inqirozining kölamiga e’tibor qaratib, ayollar va bolalarning 96 foizdan ortiği töyib ovqatlanmasligini ma’lum qildi.
Iordaniya poytaxti Ammandan turib nutq sözlagan Bollen, Ğazoning eng şimoliy qismi 75 kundan buyon deyarli töliq qamalda qolayotganini ta’kidladi. Oqibatda, bolalarga insonparvarlik yordamini yetkaziş imkoniyati qariyb butunlay yöqqa çiqqan, bunday vaziyat 10 haftadan beri davom etib kelmoqda.
“Odamlar nafaqat jismoniy, balki ruhiy azob-uqubatlarni ham boşdan keçirmoqda. Bolalar sovuqdan muzlaşyapti, yomğirda ivişyapti, oyoq yalang yuribdi. Men haligaça yozgi kiyimda yurgan köp bolalarni köryapman. Ovqat pişirişga gaz uzilganidan söng, köpçilik bolalar ötin uçun çiqindilar orasidan plastik terişga majbur bölyapti”, — dedi u.
Kuçli yomğirlar davom etişi haqidagi prognozlarni hisobga olib, Uoterij Ğazo aholisini qöllab-quvvatlaş uçun hududga yordam yetkaziş öta muhimligini ta’kidladi. Çunki Ğazo aholisi Isroil bombardimonlari tufayli öz uylarini qayta-qayta tark etişga majbur bölmoqda, ularda yomon ob-havodan himoyalaniş uçun zarur vositalar yöq.
“Köpçilik matodan qilingan çodirlari ostiga yaşirinmoqda, ularning hatto suv ötkazmaydigan boşpanalari yöq, bu yerdagi binolarning 69 foizi zarar körgan yoki butkul vayron bölgan”, — dedi u.
Isroil rejimi tomonidan qöyilgan köplab tösiqlar tufayli humanitar taşkilotlar boşpana emas, oziq-ovqat yetkazib beriş masalasini ustun qöyişga majbur. Aks holda ğazoliklar ovqat uçun tiqilinçlarda qolib halok bölişi xavfi bor.












