Ğarbiy sohildagi okkupatsiya, «Mossad»ning Eronga hujum taklifi va transgenderlarga qarşi Tramp - kun dayjesti
|19:14 / 24.12.20244 38310 min
Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqealar va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomamizda taniştiramiz.
Falastin: Ğazodagi vaziyat
Isroil aviahujumlari tufayli ötgan tun Ğazo sektorida kamida 20 kişi halok böldi. Falastin tibbiyot xodimlarining ma’lum qilişiça, hujumlardan biri «humanitar hudud» deb ataluvçi Al-Mavasiydagi qoçqinlar lagerga yönaltirilgan.
Xon Yunus şahridagi Nosira şifoxonasiga köra, bu hujum natijasida kamida ön kişi, jumladan, ikki bola halok bölgan.
Al Jazeera muxbirining xabar berişiça, Isroil qöşinlari Nusayrat qoçqinlar lageridan boşpana topgan fuqarolarga yordam berayotgan maktabni qurşab olişgan.
«Odamlar harakatlanişi çeklandi, binodan çiqişga ruxsat berilmadi. Ba’zi vaqtlarda dronlar va oğir artilleriyadan öt oçildi. Halok bölganlar bor», — deyiladi telekanal xabarida.
Falastin: Ğarbiy Sohildagi vaziyat
Isroil sönggi 6 oy içida Ördun daryosining bosib olingan Ğarbiy sohilida 7 ta noqonuniy manzilgoh qurgan, deb xabar bermoqda Peace Now nodavlat taşkiloti.
Taşkilot ma’lumotlariga köra, yaşaş punktlarining 5 tasi Baytlahmning şarqi va janubi-şarqidagi keng hududlarda qurilgan. Qolgan ikkisi esa Ayn-Yabrud va Ğarbiy sohilning şimoliy qişloqlari yerlarida barpo qilingan.
Ördun daryosining Ğarbiy sohilida 451 mingdan ortiq, Şarqiy Quddusda esa taxminan 230 ming isroillik falastinliklarning yerlarini bosib olgan holda yaşamoqda. Xalqaro huquqqa köra, bu özlaştirişlar noqonuniy hisoblanadi.
«Mossad»ning Eronga hujum taklifi
Isroil taşqi razvedka xizmati — «Mossad» rahbari Devid Barni yamanlik husiyçilar tomonidan raketalar va dronlar yordamida amalga oşirilgan hujumlarga «javob» sifatida Eronga hujum qilişni taklif qildi.
Isroil OAV ma’lumotiga köra, Barni yuqori martabali şaxslar iştirokidagi yopiq yiğilişda raketalar va dron hujumlari yuzasidan fikr bildirgan.
Eron qöllab-quvvatlayotgan husiyçilar Isroilga qarşi raketalar va dronlar orqali hujumlarini davom ettirmoqda.
Mavzuga oid
21 dekabr kuni husiyçilar tomonidan Tel Avivga qarata uçirilgan raketa Isroilning havo hujumidan himoya tizimi tomonidan töxtatib qolinmadi. Natijada 16 nafar isroillik jarohat olgan.
«Qahvaga taklif» olgan suriyaliklar
Suriyaliklar Başar Asad davrida hokimiyat nazorati va çaqimçilar xavfi sabab kodlaştirilgan sözlardan foydalangan, deb yozadi The Washington Post. Uşbu şifrlangan iboralar nafaqat fuqarolar, balki Başar Asad rejimi kuçişlatar tuzilmalari tomonidan ham işlatilgan.
«Suriya haqida xotiralar: mamlakatimiz bölgan uy» kitobining muallifi Aliya Malik şunday deydi: «Suriyaliklarning yaşirin tili bölgan, çunki mamlakatda çinakam söz erkinligi mavjud emasdi».
Şifrlar xavfli mavzu va hodisalar uçun yaratilgan. Masalan, çaqimçi «husnixatli kişi», qamoqqa olingan inson haqida esa «xolasidan xabar olişga ketdi» deyilgan. «Hukumatni tanqid qiliş uçun körsatkiç barmoğimizni tepaga qilib işoralar qilardik», deydi Maysun ismli ayol.
Xorijiy valuta savdosi taqiqlangan vaqtda dollarlar «köka», keyinçalik «kaşniç» yoki «yalpiz» deb nomlangan. Maxsus xizmatlar tergovni «çoyga taklif» deb atagan, oğirroq söroq esa «qahvaga taklif» bölgan.
Erdöğan Suriya kelajagi haqida
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan Anqarada hukumat yiğilişi yakunlaridan söng Suriyadagi vaziyat va terrorizmga qarşi kuraş haqidagi pozitsiyasini bayon qildi.
Erdöğan Turkiyaning Suriya inqirozi boşidanoq tarix uçun töğri tarafni tanlaganini ta’kidladi. «Biz şafqatsiz rejimga qarşi kuraşda ğalaba qozongan suriyaliklarni qöllab-quvvatlaşda davom etamiz», dedi u.
Erdöğan Suriyadagi inqirozni yengib, hududiy yaxlitlikni himoya qiliş Turkiyaning özgarmas pozitsiyasi ekanini ta’kidladi.
Şuningdek, Erdöğan Isroilning hozirgi tajovuzkor harakatlarini Suriya inqilobini böğişga qaratilgan urinişlar sifatida baholab, «Isroil işğol qilingan yerlardan ketişga majbur böladi», deb qöşimça qildi.
Erdöğan terrorizmga qarşi operatsiyalar davom etişini ta’kidlab: «Suriya va mintaqamiz kelajagida IŞID va RKKga örin yöq. Ular yo özini tugatadi, yoki yöq qilinadi», deya sözlarini yakunladi.
Anqara Suriyaning parçalanişiga qarşi
Turkiya Suriyada har qanday etnik böliniş va siyosiy manipulyatsiya urinişlarini qat’iy rad etadi. Bu haqda Turkiya prezidenti administratsiyasining kommunikatsiyalar böyiça rahbari Faxriddin Altun Euronews telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi. U Turkiyaning Suriyadagi pozitsiyasi adolat va jabrdiydalar tomonida ekanini ta’kidladi.
Altun Turkiyaning Suriya xalqiga yordam beriş, uni rivojlantiriş va tinçlikni örnatişga sodiqligini aytdi. Şuningdek, u Rossiya-Ukraina mojarosini tugatiş uçun barça tomonlarni mas’uliyatli bölişga çaqirdi va Istanbulning yana muzokaralar maydoniga aylanişi mumkinligini bildirdi.
«Turkiya humanitar yordam va tinçlik muzokaralarini boşlaşda har qanday kömakka tayyor», dedi u.
Ukraina uruşi 2025 yilda tugaydimi?
The Washington Post xabariga köra, Ukraina hukumati uruşi 2025 yilda yakunlanişiga umid qilayotgani ta’kidlandi. Bu fikr AQŞda Donald Trampning prezidentlikka qayta saylangani va frontda vaziyat yomonlaşgani ortidan paydo bölgan.
Anonim manbaning aytişiça, tinçlik muzokaralari haqidagi muhokamalar uşbu işonçni kuçaytirgan. «Men Putin bilan kelişuvga erişiş mumkin, deb öylamayman», degan Ukraina hukumati rasmiylaridan biri.
Naşr ma’lumotlariga köra, Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy oxirgi haftada tinçlik muzokaralariga tayyorligini bildira boşlagan. Bu, ayniqsa, Zelenskiyning avval Qrimni qaytarib olişga qaratilgan qat’iy pozitsiyasidagi özgariş sifatida qayd etildi.
Gazeta manbalari Rossiya qöşinlari front çiziğida yuqori natijalarga erişmas ekan, Vladimir Putin muzokaralarga tayyor bölmasligini taxmin qilmoqda.
Şuningdek, AQŞ davlat kotibi Entoni Blinken ukrainaliklar jangovar harakatlarni davom ettiriş yoki muzokaralar orqali tinçlikka intiliş böyiça muhim qaror qabul qilişi kerakligini ta’kidlagan.
Rossiyaning eng yirik neft zavodi yopildi
Rossiyaning Rostov oblastidagi Novoşaxtinsk neftni qayta işlaş zavodi Ukraina maxsus xizmatlari va dengiz kuçlari tomonidan amalga oşirilgan qöşma hujumdan söng töliq faoliyatini töxtatdi.
Mazkur zavod kuniga taxminan 15 ming tonna neftni qayta işlab, dizel yoqilğisi va harbiy texnikalar, tanklar hamda samolyotlar uçun aviatsiya kerosini işlab çiqarib kelayotgan edi. Hozir zavodning barça işlab çiqariş quvvatlari töxtatilgan.
Hujum natijasida zavodning neft qayta işlaş uçun asosiy qurilmalari işdan çiqqan. Bu holat Rossiya harbiy logistikasiga salbiy ta’sir körsatişi mumkinligi ta’kidlanmoqda.
Transgenderlarga qarşi Tramp
Donald Tramp AQŞ prezidenti lavozimiga kirişişi bilan «transgenderça buzuqlik»ni tugatişga va’da berdi. U şuningdek, erkaklarni ayollar sportida iştirok etişdan çeklaş va jinslar masalasida aniq pozitsiyani joriy qilişni maqsad qilganini bildirdi.
«AQŞ hukumati rasman faqat ikki jins — erkak va ayolni tan oladi. Men bolalarning jinsiy mayib qilinişiga çek qöyiş va transgender siyosatiga barham beriş buyruğini imzolayman», degan Tramp Arizonada.
Sörov natijalariga köra, amerikaliklarning köpçiligi, ayniqsa Tramp tarafdorlari, transgenderlarning huquqlarini hukumat tomonidan qöllab-quvvatlaşni haddan ziyod deb hisoblaydi.
AQŞga Suriyadan çiqiş maslahat qilindi
AQŞning bölajak milliy xavfsizlik böyiça yordamçisi Mayk Uolts Donald Tramp ma’muriyatida Amerika qöşinlari Suriya hududini tark etişi kerakligini ta’kidladi.
Uning aytişiça, uşbu pozitsiya Amerika saylovçilari köpçiligi xohişini aks ettiradi: «Prezident Tramp töğri fikrda. Köpçilik amerikaliklar Yaqin Şarq mojarolariga aralaşmaslikni qöllab-quvvatlaydi. Biz Suriyada bölişni yoki uning hududida operatsiyalarda iştirok etişni istamaymiz», dedi Uolts.
Şu bilan birga, u AQŞ mintaqadagi vaziyatni kuzatib borişda davom etişini, xususan, IŞID va Isroil çegarasidagi holatga e’tibor qaratişini ma’lum qildi. U Iroqning yadroviy qurol yaratişga urinişlariga nisbatan qat’iy çeklovlar joriy etilişini ta’kidladi.
Panama Trampga javob qaytardi
Panama prezidenti Rikardo Mulino Donald Trampning Panama kanali tariflari böyiça tanqidlariga qat’iy javob berdi.
«Panama kanali va uning atrofi Panamaga tegişli. Biz öz suverenitetimiz va mustaqilligimizga nisbatan biror savol yoki tahdidni qabul qilmaymiz. Kanal bizniki edi, bizniki va şunday qoladi», dedi Mulino.
U kanal boşqaruvi professional va şaffof olib borilayotganini, tariflar esa bozor şaroitlari, ekspluatatsiya xarajatlari va modernizatsiya ehtiyojlariga asosan belgilanişini ta’kidladi.
Şuningdek, Mulino kanal faqat Panama nazorati ostida ekani va boşqa davlatlar, xususan, Xitoy, Yevropa Ittifoqi yoki AQŞdan mustaqil ravişda boşqarilayotganini ta’kidladi.