Italiyaning eng yirik banki Intesa Sanpaolo 2025 yil 15 yanvardan boşlab Rossiya banklaridan yevroda tölovlarni qabul qilişni töxtatadi. «Vedomosti» gazetasining 23 dekabr, duşanba kuni xabar berişiça, bankning Rossiyadagi şu’ba korxonasi - "Inteza" öz mijozlari va hamkorlarini bu qaror haqida xabardor qildi va bu ma’lumot Intesa Sanpaolöning Milandagi boş qarorgohida tasdiqlanganini ta’kidladi.
Xabarga köra, çeklovlar yevrodagi tölovlarga nisbatan qöllaniladi, Intesa Sanpaolöning özida, şuningdek, uning Italiyada joylaşgan şu’ba korxonalari va banklari örtasidagi tijorat operatsiyalari bundan mustasno. Bölajak özgarişlar munosabati bilan Italiya banki ularni amalga oşirişdan boş tortişning ehtimoliy oqibatlarini oldindan baholaşni söradi.
«Vedomosti» suhbatdoşlarining fikriça, bunday çeklovlar, birinçi navbatda, xorijiy kontragentlar bilan yevroda hisob-kitob qiliş uçun "Inteza"dan foydalangan xizmat körsatiş va sanoat sohalaridagi rossiyalik korporativ mijozlarga ta’sir qiladi. Mutaxassislar özgarişlarni Yevropa Markaziy bankining Rossiya Federatsiyasiga qarşi sanksiyalarga rioya qiliş talablari bilan boğlaşmoqda.
Meloni: RF migratsiyadan YeIga putur yetkaziş uçun foydalanişi mumkin
Rossiya nafaqat harbiy sohada, balki Moskva Yevropa hamjamiyatining birligini buziş uçun noqonuniy migratsiya va boşqa mexanizmlardan foydalanişi mumkinligi sababli ham YeI xavfsizligiga katta tahdid solmoqda. Bu haqda 22 dekabr kuni Italiya boş vaziri Jorja Meloni ma’lum qildi. Uning sözlaridan Reuters iqtibos keltirdi.
Finlandiya Şimoliy va Örta Yer dengizi mintaqalaridagi xavfsizlik va Janubiy Yevropadagi migratsiya masalalarini muhokama qiliş uçun Italiya, Şvetsiya va Gretsiya rahbarlari hamda Yevropa Ittifoqining taşqi işlar va xavfsizlik siyosati böyiça oliy vakili Kaya Kallasni şimoliy Laplandiyada qabul qildi.
«Biz tahdid tasavvur qilganimizdan ança kengroq ekanligini tuşunişimiz kerak», dedi Meloni matbuot anjumanida.
Uning fikriça, Ukrainadagi uruş tugaganidan keyin Rossiyadan YeI xavfsizligiga tahdid yöqolmaydi va Bryussel bunga tayyor bölişi kerak.
«Gap demokratiyamiz, jamoatçilik fikriga ta’siri haqida ketyapti, bu Afrikada sodir bölayotgan narsalar, xomaşyo, migratsiya vositalari bilan boğliq, biz xavfsizlik tuşunçasi juda keng ekanligini tuşunişimiz kerak», dedi Italiya vazirlar mahkamasi rahbari.








