Yiğilişda qayd etilişiça, Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi rejalariga köra, kelgusi öquv yilida 100 dan ziyod maktab taşkil etilib, 257 ming öquvçi örni oçiladi. Davlat ta’lim dasturi xalqaro standartlar talablariga muvofiqlaştiriladi.

Ikkinçi xorijiy til öqitiladigan maktablar 420 taga, kasb-hunar örgatiladiganlari 400 taga yetkaziladi.

Qayd qilinişiça, bu yil 1 ming 500 ta umumta’lim maktabida yangi baholaş tizimi joriy etildi. Natijalar tahlilidan kelib çiqib, bu tajriba yana kengaytiriladi.

Öqituvçilarga malaka toifasini berişda ham raqamlaştirilgan tizimga ötilgan. Endi toifasini oşirgan pedagoglar rağbatlantiriladi, ularga töplagan balliga qarab 70 foizgaça ustama beriladi.

Davlat rahbari malaka sinovlari tartibini takomillaştiriş, soğlom raqobat muhitini yaratib, barça pedagoglarga teng imkoniyat beriş zarurligini ta’kidladi.

Şu maqsadda keyingi yildan hududlardagi malaka oşiriş markazlarida öquv jarayonlari özgartiriladi. Bunda har bir öqituvçining ehtiyojidan kelib çiqib, tabaqalaşgan malaka oşiriş tizimi joriy qilinadi. Malaka sinovidan öta olmaganlar alohida dastur asosida qöşimça öqitiladi. Viloyatlardagi 5 ta Pedagogik mahorat markazi zamonaviy şaroitda iş boşlaydi. Barça markazlar situatsion öquv texnikalari va virtual laboratoriya bilan jihozlanadi.

Ta’lim taşkilotlariga malakali rahbarlarni jalb etiş va faoliyatini qöllab-quvvatlaş maqsadida, qöşimça manbalar hisobidan, maktab va boğçalar direktorlari hamda ularning örinbosarlarini moddiy rağbatlantiriş taklifi bildirildi.

Yuqori sinflarda harbiy vatanparvarlik darslari bir soatga köpaytirildi. Uşbu yönaliş öqituvçilari nufuzini oşiriş uçun ularga harbiy unvon beriş tartibi belgilandi. Kelgusi öquv yiligaça bu fan böyiça yangi darsliklar işlab çiqiladi, kasbiy salohiyati yuqori öqituvçilar işga jalb etiladi. Mudofaa vazirligi bilan birga 208 ta ta’lim maskanida «Jasorat maktabi» taşkil etiladi. Bu maktablarga tarbiyasi oğir öquvçilar ham qamrab olinadi.

2025 yildan boşlab, maktabgaça ta’lim taşkilotining direktori örinbosari lavozimi joriy etiladi. “Metodik mahorat soati”, “Metodik mahorat kuni” kabi malaka oşiriş şakllari taşkil qilinadi.