Belarus, Boliviya, Indoneziya, Qozoğiston, Kuba, Malayziya, Tailand, Uganda va Özbekiston BRICS hamkori bölişga tayyorligini tasdiqladi, ular 1 yanvardan şunday maqomga ega böladi, dedi Rossiya prezidenti yordamçisi Yuriy Uşakov jurnalistlarga. Uning sözlaridan TASS iqtibos keltirdi.

«[Qozondagi] sammitning muhim natijalaridan biri BRICS böyiça hamkor davlatlar toifasini taşkil etiş va 13 ta davlatdan iborat röyxatni tasdiqlaş böldi. Bu davlatlarga tegişli taklifnoma yuborildi. Bugungi kunga kelib Belarus, Boliviya, Indoneziya, Qozoğiston, Kuba, Malayziya, Tailand, Uganda va Özbekistondan BRICS hamkori bölişga tayyor ekanini tasdiqladi», dedi u.

Uşakov tuşuntirganidek, «2025 yil 1 yanvardan boşlab ular rasman BRICS hamkor davlatlari maqomini oladi». «Ammo biz tez orada taklifnoma yuborilgan yana törtta davlatdan javob kelişini kutamiz», deb qöşimça qildi u.

Bu davlatlar vakillari BRICS sammitlari va taşqi işlar vazirlari yiğilişlari doirasidagi alohida yiğilişlarga taklif qilinadi. «Biz hamkorlarni xavfsizlik masalalari böyiça mas’ul yuqori vakillar yiğilişlari, parlament forumi va boşqa tadbirlarga jalb etişni töğri deb hisoblaymiz», dedi Kreml vakili.

BRICS (Brazil, Russia, India, China, South Africa davlatlari nomining boş harflaridan tuzilgan qisqartma) 2006 yilda Braziliya, Rossiya, Hindiston va Xitoy tomonidan taşkil etilgan bölib, keyinçalik unga Janubiy Afrika qöşilgan. 2024 yil 2 yanvar kuni unga Misr, Eron, BAA va Efiopiya qabul qilindi.