Prezident Şavkat Mirziyoyev 24 dekabr kuni bölib ötgan telefon orqali muloqotda Ozarboyjon Respublikasi prezidenti Ilhom Aliyevni tavallud kuni bilan samimiy muborakbod etdi.
Davlat rahbari Ozarboyjon yetakçisining mamlakat mustaqilligini mustahkamlaş, hududiy yaxlitligini tiklaş, barqaror taraqqiyotini ta’minlaş va xalqaro nufuzini yuksaltirişdagi tarixiy rolini alohida ta’kidladi.
Prezidentlar oliy darajadagi kelişuvlarni amalga oşiriş doirasida Özbekiston-Ozarboyjon döstlik va ittifoqçilik munosabatlarini yanada kengaytiriş va mustahkamlaşning dolzarb masalalarini körib çiqdilar.
Joriy ikkitomonlama hamkorlikni jadal rivojlantiriş yilida birgalikda qilingan işlar samarali bölgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.
Özaro tovar ayirboşlaş hajmi yuqori sur’atda ösib bormoqda, avtomobilsozlik, töqimaçilik, elektrotexnika, qişloq xöjaligi, turizm va boşqa tarmoqlarda kooperatsiya loyihalari faol bosqiçda. Madaniy-gumanitar almaşinuvning tadbirlarga boy dasturi amalga oşirilmoqda.
Özbekiston va Ozarboyjon rahbarlari xalqaro kun tartibi yuzasidan ham fikr almaşdilar, bölajak tadbirlar rejasini körib çiqdilar.








