AQŞning yangi saylangan prezidenti Donald Tramp Grenlandiyani sotib oliş istagini bildirganidan keyin Daniya hukumati uşbu arktik hududning mudofaa xarajatlarini sezilarli darajada oşirişini e’lon qildi, deb yozadi BBC.
Daniya mudofaa vaziri Troels Lund Poulsen mamlakat hukumati kamida 1,5 milliard dollarlik mudofaa paketini ajratayotganini ma’lum qildi. Mudofaa vazirligi rahbari aniq summani aytmadi, ammo Daniya OAV uni 12-15 milliard kronaga (1,7—2 milliard dollar) baholamoqda.
Vazirning sözlariga köra, uşbu mablağlar ikkita inspeksion kema, uzoq masofaga uçişga qodir ikkita dron va itlarga qöşiladigan ikkita qöşimça çana xarid qiliş imkonini beradi. Paket, şuningdek, poytaxt Nuukdagi arktik qömondonlik xodimlari sonini köpaytiriş va F-35 qiruvçi samolyotlariga xizmat körsatiş uçun Grenlandiyaning asosiy uçta fuqarolik aeroportlaridan birini modernizatsiya qiliş mablağlarini ham öz içiga oladi.
«Biz uzoq yillar davomida Arktikaga yetarliça mablağ ajratmadik, endi esa u yerdagi iştirokimizni oşirişni rejalaştiryapmiz», — deydi Poulsen. Vazir xarajatlar oşirilişiga oid e’lon endi, Trampning bayonotidan bir kun ötib xabar qilinayotganini «taqdir hazili» deb atadi.
Naşr suhbatlaşgan tahlilçilarning ta’kidlaşiça, uşbu reja ançadan buyon muhokamada bölgan va uni AQŞning yangi prezidenti aytgan gaplarga töğridan töğri javob sifatida qabul qilmaslik kerak.
22 dekabr, yakşanba kuni Donald Tramp özining Truth Social akkauntida Qöşma Ştatlar «butun dunyoda milliy xavfsizlik va erkinlikni ta’minlaş» uçun «Grenlandiyaga egalik va nazorat qilişi mutlaq zarur», deb yozdi. Grenlandiya boş vaziri Mute Egede esa Trampga «Biz sotmaymiz va sotilmaymiz. Ozodlik uçun uzoq davom etgan kuraşimizni boy bermasligimiz kerak», deya javob qaytardi.

















