Ukraina Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan tuşgan daromad evaziga AQŞdan milliard dollar oldi, dedi 24 dekabr, seşanba kuni boş vazir Denis Şmigal özining Telegram-kanalida. «Bu AQŞ G7 taşabbusi doirasida bloklangan Rossiya aktivlaridan foydalaniş orqali ajratişga tayyor bölgan rejalaştirilgan 20 milliard dollarning birinçi tranşidir», deb tuşuntirdi u.
Şmigal Qöşma Ştatlar va Jahon bankiga «adolat sari muhim qadam» uçun minnatdorçilik bildirdi. «Biz Rossiyaning barça suveren aktivlari musodara qilinişini va Ukrainani tiklaş uçun işlatilişini kutamiz», — deya qöşimça qildi ukrainalik siyosatçi.
AQŞ Moliya vazirligi Kiyevga 20 mlrd dollar qarz haqida e’lon qildi
AQŞ Moliya vazirligi G7 ("Yettilik guruhi") taşabbusi doirasida Ukrainaga 20 milliard dollar (19 milliard yevro) ajratilişini e’lon qildi. Qarz haqida 10 dekabr kuni AQŞ moliya idorasi ma’lumot berdi.
Kredit Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan tuşgan mablağlar hisobidan tölanişi kerak. G7 orqali taqdim etilayotgan mablağlarning umumiy miqdori 50 milliard dollarni (47,5 milliard yevro) taşkil etadi.
AQŞ moliya vaziri Janet Yyellen Ukrainaga «tez yordam xizmatlari, şifoxonalar va jasoratli qarşilik körsatişning boşqa ustunlarini saqlab qoliş uçun» moliyaviy resurslar kerakligini ta’kidladi.
Bu mablağlar, Vaşingtonning xavfsizlikka yordami va Rossiyaga qarşi sanksiyalarni kuçaytiriş çoralari «Ukrainaning öz suverenitetini himoya qiliş va adolatli tinçlikka erişişdagi pozitsiyasini mustahkamlaydi», deb ta’kidladi Yyellen.








