25 dekabr kuni Pokiston havo kuçlari Afğonistonning Paktiko viloyati hududlariga zarbalar berdi. Mamlakat Mudofaa vazirligining da’vo qilişiça, uşbu obektlardan «Tahriki-Tolibon Pokiston» (TTP) radikal guruhi terrorçilari Pokistonda xavfsizlik kuçlariga qarşi hujumlar va teraktlar uçun foydalangan. Afğon hukumati, öz navbatida, Pokiston harbiylari qoçqinlar lagerlariga zarba berganini aytdi. Ularga köra, 46 kişi, jumladan, ayollar va bolalar halok bölgan, yana olti kişi yaralangan.
Zarbalar Paktiko viloyatining Barmal tumanlariga, jumladan, Laman, Marga va Murğbozor qişloqlariga berilgani ta’kidlanmoqda.
«Tolibon» yetakçiligidagi Afğoniston muvaqqat hukumati havo hujumlarini keskin qoralab, buni mamlakat suverenitetini qöpol ravişda buziş deb atadi. Afğon tomoni vakillari javob çoralari qöllanilişi mumkinligi haqida ogohlantirgan.
Bu zarbalar Pokistonda TTP jangarilarining yaqinda uyuştirgan qator hujumlariga javob bölgani ta’kidlanmoqda. Masalan, Janubiy Vaziristondagi nazorat-ötkaziş punktiga uyuştirilgan hujumda kamida 16 nafar pokistonlik askar halok bölgan edi. Islomobod bir neça bor Kobulni öz hududida jangarilar faoliyatini jilovlay olmayotganlikda ayblagan, biroq afğon tomoni buni rad etadi.
2021 yilda Afğonistonda «Tolibon» hokimiyat tepasiga kelganidan söng, «Tahriki-Tolibon Pokiston» guruhi faolligi kuçaydi, ular Pokiston hududlariga hujum uyuştira boşladi. Islomobod Kobulni TTP jangarilariga boşpana berganlikda ayblaydi, afğon hukumati buni rad etadi.
2024 yil mart oyida Pokiston Harbiy havo kuçlari Afğoniston janubidagi Paktiko va Xost viloyatlaridagi nişonlarga zarbalar berib, ular TTP jangarilariga tegişli ekanini aytdi. Afğoniston hukumati halok bölganlar orasida tinç aholi ham borligini aytib, zarbani qoraladi.

















