AQŞning amaldagi prezidenti Jo Bayden Rossiyaning rojdestvo keçasi Ukrainaning energetika infratuzilmasiga hujumini «ğazablanarli» deb atadi va Pentagonga Kiyevga qurol yetkazib berişni faol davom ettirişni buyurdi. 25 dekabr, çorşanba kuni Oq uy veb-saytida e’lon qilingan bayonotda Bayden şunday dedi: «Sönggi oylarda Qöşma Ştatlar Ukrainaga havo hujumidan mudofaa uçun yuzlab raketalarni yetkazib berdi. Mudofaa vazirligi Ukrainani faol ravişda qurol bilan ta’minlaşda davom etadi va Qöşma Ştatlar Rossiya kuçlariga qarşi mudofaa sohasida Ukraina pozitsiyasini mustahkamlaş uçun tinimsiz harakat qiladi».

Amerika prezidentining ta’kidlaşiça, Rossiyaning keng kölamli hujumidan maqsad «Ukraina xalqini qişda issiqlik va elektr energiyasidan mahrum qiliş va mamlakat energetika tizimi xavfsizligiga xavf soliş». «Ukraina xalqi tinçlik va xavfsizlikda yaşaşga loyiqdir, Qöşma Ştatlar va xalqaro hamjamiyat Ukraina Rossiya tajovuzini mağlub etmagunça uni qöllab-quvvatlaşda davom etişi kerak», dedi prezidentlik muddati 20 yanvarda tugaydigan 82 yoşli Jo Bayden.

Tramp: Ukrainadagi uruşga yeçim topişda özgarişlar bor

AQŞning saylangan prezidenti Donald Tramp Ukrainadagi uruşni hal qilişda «ozgina olğa siljiş» haqida gapirdi, biroq tafsilotlarni keltirmadi. Bu haqda u 16 dekabr kuni saylovda ğalaba qozonganidan keyingi ilk matbuot anjumanida aytib ötdi.

Trampning sözlariga köra, Kiyev Moskva bilan tinçlikka erişmoqçi va u bu borada Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan boğlanmoqçi. U Volodimir Zelenskiyni uruş oxirida «şartnoma tuzişga» tayyorlanişga çaqirdi. Şu bilan birga, uning sözlariga köra, Ukraina prezidentini Donald Tramp 2025 yil yanvarida ötkaziladigan inauguratsiya marosimiga taklif qilmagan.

Bundan taşqari, AQŞning saylangan prezidenti Jo Bayden ma’muriyatining Ukrainaga Rossiya hududiga Amerika qurollari bilan zarba yöllaşga ruxsat bergan qarorini notöğri va ahmoqlik deb atadi va buni qayta körib çiqişi mumkinligini aytdi.

Kiyev Moskva bilan tinçlik örnatiş uçun öz hududlarining bir qismini qurbon qilişi kerakmi, degan savolga Tramp bilmasligini aytdi. «Köp yerlarda birorta ham bino yöq, odamlarning qaytib keladigan joyi yöq», — deya qöşimça qildi u.

«Bu yomon. Heç kim körmagan sonda odamlar öldirilmoqda. Bilasizmi, u yerda juda tekis dalalar bor. Va öqni töxtatadigan yagona narsa — tana, inson tanasi. Öldirilgan askarlar soni har ikki tomondan ham astronomikdir, men heç qaçon bunaqasini körmaganman», — dedi Donald Tramp Ukrainada davom etayotgan jangovar harakatlar haqida.