Samarqand tumani hududida harakatlanayotgan Nexia avtomaşinasi töxtatilib közdan keçirilganda, unda yölovçi sifatida ketayotgan Paxtaçi tumanida yaşovçi, 1981 yilda tuğilgan E.M.ga tegişli 7 kg 230 gr “gaşiş” va 1 kg 289 gr “metamfetamin” giyohvandlik vositalari borligi aniqlandi.
Tergovga qadar tekşiruv davomida, ular afğonistonlik narkosavdogarlar tomonidan yuborilganligi ma’lum böldi.
Urgut tumanida muqaddam sudlangan fuqarolar, 1986 yilda tuğilgan F.X. va 1999 yilda tuğilgan Ş.A.lar Tojikistondan kontrabanda yöli bilan olib kelingan 921 gr “opiy” moddasini xaridorga 12 ming dollarga sotmoqçi bölgan vaqtida uşlandi.
Namangan şahrida yaşovçi 1995 yilda tuğilgan Ş.Y. va A.Y. hamda 1994 yilda tuğilgan Ş.Q.lar muqaddam tojikistonlik narkosavdogarlar tomonidan Çust tumanidagi dala maydoniga yaşirib ketilgan 3 kg 50 gr “gaşiş” moddasini olgan vaqtda uşlandi.
Boşqa holatda esa Namangan–Andijon yönalişida harakatlanayotgan Lacetti avtomaşinasi Norin tumani hududida töxtatilib tekşirilganda, unda yölovçi sifatida ketayotgan Asaka tumanida yaşovçi, 1989 yilda tuğilgan, muqaddam sudlangan F.X.ga tegişli 1 kg 911 gr “gaşiş” moddasi borligi aniqlandi.
Tergovga qadar tekşiruv davomida giyohvand moddalar muqaddam Qirğizistondan aylanma yöllar orqali Namangan viloyatining Uçqörğon tumaniga olib kelinganligi ma’lum böldi.
Surxondaryo viloyatining Denov tumanida yaşovçi 1990 yilda tuğilgan, muqaddam sudlangan B.B. Tojikistondan olib kelingan 2 kg 16 gr “opiy” moddasini 10 ming dollarga sotgan vaqtida uşlandi.
Hozirda barça holatlar yuzasidan mazkur şaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 246 (kontrabanda) va 273-moddalari (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni ötkaziş maqsadini közlab qonunga xilof ravişda tayyorlaş, oliş, saqlaş va boşqa harakatlar qiliş, şuningdek ularni qonunga xilof ravişda ötkaziş) bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.








