Braziliya Oqtov yaqinidagi halokat yuzasidan tergovga qo‘shildi
Braziliya harbiy-havo kuchlari tergovchilari Ozarboyjon samolyotining qulashi sabablarini aniqlashda ishtirok etadi. Ular Qozog‘iston rasmiylari tomonidan olib borilayotgan tergovga «texnik yordam ko‘rsatadilar».
Braziliya Ozarboyjonning Embraer 190 samolyoti halokatini tergov qilishda ishtirok etish uchun Qozog‘istonga o‘z harbiy-havo kuchlaridan (HHK) uch nafar tergovchini jo‘natdi, deb xabar berdi Braziliya harbiy-havo kuchlari vakillari 26 dekabr, payshanba kuni kechqurun Reuters agentligiga.
Reuters xabariga ko‘ra, braziliyalik tergovchilar Qozog‘iston rasmiylari tomonidan sohada «13-ilova» yuridik nomi bilan mashhur bo‘lgan xalqaro qoidalar asosida olib borilayotgan tergovga «texnik yordam ko‘rsatadi».
Bir kun oldin Qozog‘istonning Lada agentligi xabar berganidek, Ozarboyjon vakillari, jumladan, Fuqaro aviatsiyasi davlat agentligi va Azerbaijan Airlines (AZAL) delegatlari Oqtov yaqinidagi samolyot halokatini tekshirish uchun yetib kelishdi. Xabarda aytilishicha, samolyot ishlab chiqaruvchi Embraer va Braziliyaning CENIPA aviahalokatlarini tekshirish va oldini olish markazi mutaxassislari ham tergovga qo‘shilgan.
OAV: AZAL samolyoti Rossiya raketasi bilan urib tushirildi
Bokudan Grozniyga J28243 reysini amalga oshirayotgan Ozarboyjonning AZAL aviakompaniyasi Embraer 190 samolyoti 25 dekabr kuni ertalab dashtga qulab tushdi. Qozog‘istonning Oqtov shahri yaqinidagi aviahalokatga Rossiyaning «yer-havo» sinfidagi raketasi sabab bo‘lgan, deb xabar bermoqda Euronews va Reuters nashrlari Ozarboyjon hukumatidagi manbalarga tayanib. Ularning so‘zlariga ko‘ra, raketa samolyotga Grozniy uzra uchuvchisiz uchoqlar parvozi kuzatilgan vaqtda uchirilgan va uning bo‘laklari yo‘lovchilar va ekipaj a’zolariga tegib, parvoz o‘rtasida layner yonida portlab ketgan.
Halokatga uchragan samolyotning burun qismi butunlay yonib ketgan, orqa qismi esa qulagan va zarar ko‘rmagan. Samolyot bortida 67 kishi, jumladan besh nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan. Fojia oqibatida 38 kishi halok bo‘lgan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 27 yo‘lovchi va ikki ekipaj a’zosi, jumladan styuardessalardan biri tirik qolgan.
Qozog‘iston rasmiylari hozircha o‘z mamlakati hududidagi samolyot halokati haqidagi versiyalarni baholashdan o‘zini tiyib kelmoqda. «Biz bugungi kunda hech qanday versiyani tasdiqlay olmaymiz yoki rad eta olmaymiz», dedi 26 dekabr kuni Qozog‘iston bosh vaziri o‘rinbosari, aviahalokat sabablarini o‘rganish bo‘yicha hukumat komissiyasini boshqarayotgan Kanat Bozumbayev. Uning so‘zlariga ko‘ra, Qozog‘istonda sodir bo‘lgan voqeaning rasmiy versiyasi yo‘q, Rossiya va Ozarboyjon rasmiylari ham o‘z versiyalarini taqdim etmagan.
Mavzuga oid
19:32 / 27.12.2024
Oqtovdagi aviahalokat: hozircha javobi yo‘q savollar
12:48 / 27.12.2024
Bokudagi deputat: Rossiya samolyot halokati uchun uzr so‘rashi kerak
21:56 / 26.12.2024
Reuters: AZAL samolyoti Rossiyaning «Pansir-S» tizimi bilan urib tushirilgan
20:58 / 26.12.2024