Qibray tumanida Qozoğistondan Özbekiston hududiga tortilgan yaşirin quvur aniqlandi. Bu haqda Bojxona qömitasi axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, 26 dekabr kuni Bojxona qömitasi va uning Toşkent viloyati böyiça boşqarmasi tezkor xodimlari tomonidan Özbekiston va Qozoğistonning tegişli huquqni muhofaza qiluvçi organlari bilan hamkorlikda transçegaraviy jinoiy guruh foş qilingan. Uşbu guruh Qozoğistondan Özbekistonga noqonuniy yöllar bilan yonilği (benzin) mahsulotlarini olib ötiş bilan şuğullangan.

Ötkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida Toşkent viloyatining Qibray tumanida joylaşgan qoramol fermasi közdan keçirilgan. Jarayonda Qozoğiston hududidan Özbekiston hududiga yonilği mahsulotlarini noqonuniy ötkazişga möljallangan, Özbekiston tomondagi qismi taxminan 500 metr uzunlikda bölgan yaşirin quvur borligi aniqlangan.

Hozirda holatga aloqador bölgan şaxslar böyiça tezkor-qidiruv tadbirlari davom ettirilmoqda.

Qozoğistonning Turkiston viloyati prokuraturasi matbuot xizmatiga köra, yaşirin quvurning Qozoğiston tomondagi qismi 450 metr bölgan va u orqali har kuni 5-7 tonna yoqilği-moylaş materiallari yaşirinça taşilgan.

Oldinroq Toşkent viloyatining Qozoğiston bilan çegara hududida 310 metrli noqonuniy tunnel aniqlangandi. Öşanda ötkazilgan tezkor tadbirda Hindistondan Qozoğiston orqali mamlakatga katta miqdorda sifati kafolatlanmagan dori vositalarini noqonuniy ötkaziş bilan şuğullangan transçegaraviy jinoiy guruh faoliyati foş etilgan.