Loyiha doirasida viloyatning barça tuman va şaharlarida minglab tomoşabinlar uçun konsertlar ötkazildi.  

"Xalq ijodiyoti karvoni"da Samarqand viloyati san’atkorlari bilan bir qatorda Qoraqalpoğiston Respublikasi, boşqa viloyatlar va Toşkent şahrining eng yaxşi xalq havaskorlik jamoalari ham iştirok etdi. 

Har bir hududning öziga xos madaniy an’analari, san’at uslubi va ijro mahorati namoyiş etildi. 

Loyihaning yakuniy konserti 25 dekabr kuni Samarqand viloyati musiqali drama teatrida bölib ötdi. 

Madaniyat vaziri O.Nazarbekov loyiha doirasida ötkazilgan madaniy tadbirlar haqidagi e’tiroflarga munosabat bildirarkan, mazkur loyihaning millat ruhining birdamligini oşirişdagi ahamiyatiga urğu berdi. 

"Bunday tadbirlar xalqimizning an’analarini asrab-avaylaşga yordam berib, madaniy merosimizning boyligini yangidan kaşf etişga imkon yaratadi. Xalq ijodi, musiqasi va san’atni tarğib qiliş orqali biz nafaqat milliy birlikni mustahkamlaymiz, balki kelajak avlodlarimizga ham boy madaniy meros qoldiramiz", — dedi u.