O‘zbekiston | 16:39 / 28.12.2024
1279
1 daqiqa o‘qiladi

Sibirda mushkul ahvolda qolgan fuqaro O‘zbekistonga qaytarildi

O‘zbekiston diplomatlari ko‘magida Rossiyaning Sibir federal okrugi hududida og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan yana bir fuqaro oilasi bag‘riga qaytdi.

Foto: Dunyo

O‘zbekistonning Novosibirskdagi Bosh konsulxonasi xodimlari va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi vakili bilan birgalikda A.I.ning yurtga qaytishi uchun zarur hujjatlar rasmiylashtirildi.

Bosh konsulxona binosida fuqaro bilan suhbat o‘tkazildi. Unda xorijiy fuqarolarning Rossiyada bo‘lish tartibi va shartlari, shuningdek, ushbu mamlakatda vatandoshlarning xavfsiz mehnat faoliyatini ta’minlash bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar haqida so‘zlab berildi.

Fuqaro 21 dekabr kuni Toshkentga kuzatib qo‘yildi.

Mavzuga oid