Yil söngidagi aviahalokatlar, Rossiyaga şart qöygan Ilhom Aliyev va Gurjistonning yangi prezidenti inauguratsiyasi - kun dayjesti
|18:23 / 30.12.20247 70010 min
Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqealar va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomamizda taniştiramiz.
Yil söngidagi aviahalokatlar
2024 yilning oxirgi kunlari fojiali aviahalokatlar va hodisalar bilan tarixda qoladigan böldi.
25 dekabr kuni Ozarboyjon havo yöllari aviakompaniyasining Bokudan Grozniyga uçgan Embraer 190 samolyoti Qozoğistonning Oqtov şahriga avariyaviy qönişni amalga oşira turib halokatga uçradi. Bortda 69 kişi, jumladan, 5 nafar ekipaj a’zosi bölgan. Halokat natijasida 32 kişi omon qolgan, ularning 12 nafari oğir ahvolda.
Darvoqe, Özbekiston havo yöllari aviakompaniyasining doimiy reys bilan Grozniy şahriga yöl olgan samolyoti Oqtov şahri uzra parvoz qila turib, halokatga uçragan Ozarboyjon havo yöllari aviakompaniyasi samolyoti qurbonlari xotirasiga ikki bor osmonda hurmat bajo aylab aylandi. Bu jyest internetda juda iliq qarşi olindi.
29 dekabr kuni Janubiy Koreyaning Jeju Air aviakompaniyasiga tegişli samolyot Tailanddan Bangkok—Muan yönalişi böyiça parvoz qilgan vaqtda halokatga uçradi. Bortida jami 181 kişi bölib, 175 yölovçi va 6 nafar ekipaj a’zosidan 179 nafari halok bölgan.
Samolyot Muan aeroportiga qöniş çoğida uçiş-qöniş yölagidan çiqib ketib, tösiqqa urilgan va kuçli yonğin kelib çiqqan.
Qutqaruvçilar avval samolyotning dum qismidan 29 nafar jabrlanuvçini olib çiqqan bölib, ularning aksariyati oğir jarohatlangani sababli tezda jon bergan. Sönggi ma’lumotlarga köra, bortdagi yölovçilarning ikki nafari omon qolgan.
Janubiy Koreyada aviahalokat tufayli bir haftalik motam e’lon qilindi.
Kanadada ham Air Canada Express aviakopaniyasining Dash–8 samolyoti muvaffaqiyatsiz qönişni amalga oşirdi. Halifaks şahrida yölovçi samolyoti muvaffaqiyatsiz qöniş natijasida halokatli holatga uçradi. Samolyot uçiş-qöniş yölagida sirpanib ketib, uning çap qanotida yonğin kelib çiqqan. Samolyot sahnida 73 kişi bölgan. Heç kim halok bölmagan, ammo bir neça kişi yengil jarohat olgan.
Norvegiya poytaxti Oslo aeroportida ham Boeing–737-800 samolyoti bilan boğliq aviainsident sodir böldi. KLM aviakompaniyasining Oslodan Amsterdamga uçayotgan samolyoti Oslodagi boşqa Sanneford xalqaro aeroportiga majburiy qöniş vaqtida uçiş-qöniş yölagidan çiqib ketgan. Uçoq sahnida bölgan 176 yölovçi va 6 ekipaj a’zosiga ziyon yetmagan.
Mavzuga oid
Şuningdek, keçagi kun davomida sodir bölgan törtinçi aviainsidentda Birlaşgan Arab Amirliklarining Ras-ul-Xayma şahrida Jazirah Aviation Clubʼga yengil motorli, ikki kişilik samolyot dengizga qulagan. Har ikkala uçuvçi halok bölgan.
Ilhom Aliyev Rossiyaga uç şart qöydi
Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev garçi Vladimir Putin uzr söraganiga qaramasdan, Rossiya tomonidan Oqtovda halokatga uçragan samolyot öqqa tutilgani haqidagi ma’lumotlarni yaşirişga urinişlarini keskin tanqid qildi.
U samolyotga Grozniy yaqinida Rossiya havo mudofaa tizimlari tomonidan tasodifan raketa zarbasi berilganini ta’kidladi.
Aliyevning sözlariga köra, Rossiya rasmiylari halokatga gaz ballonining portlaşi kabi taxminlar orqali izoh berişga urinişgan. U bu harakatni voqeani yopib qöyiş va jamoatçilikdan yaşirişga urinişi sifatida baholadi.
«Bu juda açinarli. Samolyotimizga tasodifan zarba berilgan bölişi mumkin, biroq Rossiya tomoni öz vaqtida aybini tan olib, döst davlatdan uzr söraşi kerak edi. Ammo dastlabki uç kun mobaynida bema’ni nazariyalardan boşqa heç qanday töğri ma’lumot olmadik», — dedi Aliyev.
Prezident, şuningdek, uçoq Grozniyga bir neça bor uringaniga qaramasdan, unga qönişga ruxsat berilmaganini tanqid qilib, nega samolyot MinVodi yoki Maxaçqal’a aeroportiga emas, aynan Oqtovga yönaltirilganini örganiş zarurligini ta’kidladi.
Aliyev Rossiyadan quyidagi çoralarni körişni talab qildi:
1. Aybga rasman iqror böliş va Ozarboyjondan uzr söraş.
2. Hodisada aybdor bölgan şaxslarni jazolaş.
3. Ozarboyjon davlatiga va jabrlanganlarning oilalariga tovon puli tölaş.
Bu talablar Rossiya va Ozarboyjon örtasidagi munosabatlarning barqarorligini ta’minlaş uçun muhim ekanini qöşimça qildi.
Rossiyaning ekstremizmga qarşi yangi strategiyasi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin tomonidan imzolangan ekstremizmga qarşi kuraş strategiyasiga köra, xorijga çiqqan rossiyaliklar röyxatga olinadi. Bu tizim ekstremizmga qarşi kuraşda muhim yönaliş sifatida belgilangan.
Yangi hujjatda xorijga çiqqan şaxslarning röyxatiga quyidagilar kiritilişi aytilgan:
- «Ekstremistik taşkilotlar»da iştirok etganlar.
- «Nodöstona davlatlar»ning öquv markazlarida ta’lim olganlar.
Şuningdek, strategiyada yangi tuşunça — «rusofobiya» joriy etilmoqda. U rus tili, madaniyati va Rossiya tarixiga nisbatan duşmanona munosabat sifatida ta’riflangan. Hujjatga köra, rusofobiya siyosiy kuçlar, ayrim şaxslar va nodöstona davlatlarning diskriminatsion harakatlari orqali namoyon böladi.
Strategiya Rossiyaning xavfsizligini ta’minlaş uçun ekstremizmga qarşi kuraşning asosiy qadamlaridan biri sifatida baholanmoqda.
Rossiyaning Finlandiya va Norvegiyaga hujum rejasi
Rossiya NATOga şarqdan hujum qiliş ehtimolida Finlandiya Laplandiyasi va Norvegiya Finnmarkida bufer hudud yaratişni rejalaştirmoqda, deb xabar beradi ILtalehti naşri. Rossiya armiyasi bu ssenariyni maşqlar davomida amalda qöllab körgan.
Rejaga köra, 14-armiya korpusi Murmansk tomonidan Norvegiya sohillariga hamla qiladi, bu dengiz, quruqlik va havo yönalişlarida amalga oşiriladi. Finlandiya Laplandiyasiga desant taşlab, Ivalo aeroportini tezkorlik bilan egallaş közda tutilgan. Şuningdek, Kol yarimorolida joylaşgan raketa qöşinlari Finlandiyaga hujum qiladi. Bu hujumda «ön minglab» rossiyalik askarlar iştirok etişi taxmin qilinmoqda.
Bufer hudud yaratiş janglarni NATO hududiga köçirişga va alyans kuçlarini çalğitişga imkon beradi. Manbalar, şuningdek, Rossiyaning 44-armiya korpusi Finlandiya janubiy sohillari va janubiy-şarqiga hujum qilib, Fin qöltiğining şimoliy sohilini egallaşi mumkinligini aytmoqda. Bu, öz navbatida, Estoniya himoyasini qiyinlaştiradi. NATO fikriça, Rossiya XVII asr Turku şartnomasiga muvofiq hududlarni qaytarişga intilayotgan bölişi mumkin.
Vladimir Putin 19 dekabrda ötkazgan matbuot anjumanida Rossiyaning «tarixiy hududlarini qaytarişga kuç va imkoniyatlari yetarli» ekanligini ta’kidladi. Undan oldin u Rossiya ideali sifatida XVII asrdagi Imperiyani tilga olgan edi.
Norvegiyadagi ukrain qoçqinlari
Norvegiyaga oid yana bir xabar. IMDi tomonidan ötkazilgan sörov natijalariga köra, Norvegiyadagi ukrain qoçqinlarining faqatgina 10 foizi vataniga qaytiş istagini bildirgan, 47 foizi esa uruş tugaganidan keyin ham Ukrainaga qaytişni rejalaştirmayapti.
Sörovga köra, qoçqinlar orasida yoşlar soni ortib bormoqda. Xususan, 16-17 yoşli yoşlar köpayayotgani qayd etilgan. Bu 18 yoşga tölgan yoşlarning Ukrainadan çiqiş imkoniyati çeklangani bilan boğliq bölişi mumkin, deydi tadqiqotçilar.
2023 yilda ötkazilgan şunga öxşaş sörovda qoçqinlarning har uçinçisi Norvegiyada qolişni xohlagan, köpçiligi esa qaytiş yoki qoliş istagi böyiça aniq javob bermagan.
Ilon Mask natsistlarni qöllamoqda
Ilon Mask Germaniyadagi öta öng qanot millatçilari «Germaniya uçun muqobil» (AfD) partiyasiga sarmoya kiritganini va uni Twitter platformasida faol tarğib qilmoqda.
Maskning fikriça, AfD Germaniyada soliqlarni pasaytiriş, migrantlarni deportatsiya qiliş, iqtisodiyotda davlat rolini kamaytiriş va töğri islohotlar ötkazişga qodir. U Germaniyaning hozirgi migratsiya va energetika siyosatini keskin tanqid qilib, mamlakat byurokratiya va qoida-qonunlar tufayli iqtisodiy va madaniy inqiroz ostonasida ekanligini ta’kidladi.
Mask AfD’ni «Germaniya uçun sönggi umid uçquni» deb atadi.
Ilon Mask Germaniya sanoati va texnologiyalari sohasida yirik sarmoyador sifatida öz tanqidlari asosli ekanligini aytdi. Uning ta’kidlaşiça, Germaniyadagi holatni isloh qiliş AfD orqali amalga oşirilişi mumkin.
Eslatib ötamiz, Germaniyada Bundestag saylovlari 2025 yilning 23 fevralida bölib ötadi.
Gurjiston prezidenti özgardi
Tbilisidagi parlament binosida Mixail Kavelaşvilining prezidentlikka inauguratsiya marosimi bölib ötdi. Yangi prezident muxolifat tomonidan tan olinmagan.
Gurjistonning şu paytgaça amalda bölgan prezidenti Salome Zurabişvili esa Kavelaşvilining inauguratsiyasini «parodiya» deb atadi va «Gurjiston orzusi» partiyasini «Rossiyaning fojiasi» deb tanqid qildi. U öz qarorgohini tark etişga va lavozimidan voz keçişga tayyor ekanini bildirib, «Men sizlar bilanman» deb xalqqa murojaat qildi.
Kavelaşvili inauguratsiyada qasamyod qilib, Gruziya Konstitutsiyasini, mustaqilligi va hududiy yaxlitligini himoya qilişga va’da berdi. U ötmişda futbolçi bölgani va oliy ma’lumotga ega emasligi sabab muxolifat tomonidan tanqid qilingan.
Tbilisidagi parlament binosi oldida norozilik aksiyasi bölib ötdi. Namoyişçilar Kavelaşviliga qizil kartoçkalar körsatib, diplomini taqdim etişni talab qilişdi. Ular, şuningdek, öz diplomlari bilan parlament tomon yuriş uyuştirişgan.