Isroilning El Al milliy aviataşuvçisi Tel-Avivdan Moskvaga parvozlarni töxtatib turiş muddatini mart oyi oxirigaça uzaytirdi, deb yozdi The Times of Israel gazetasi 30 dekabr, duşanba kuni. Qozoğistonda halokatga uçragan Ozarboyjonning Embraer 190 samolyoti Rossiya havo mudofaasi tomonidan urib tuşirilgani ma’lum bölgaç, dastlab parvozlar bir haftaga töxtatib qöyildi. Gazeta aviakompaniya bayonotiga iqtibos keltirgan holda yozişiça, «vaziyatni har tomonlama baholaşdan» söng, El Al Tel-Aviv - Moskva yönalişi böyiça barça parvozlarini «qiş parvozlar jadvali oxirigaça» töxtatib qöyganini aytdi. Bayonotda, şuningdek, bu qaror mamlakat rasmiylari bilan muloqot asosida qabul qilingani qayd etilgan.

EL AL Ozarbayjon layneri halokatga uçragaç, Rossiyaning qator aeroportlariga parvozlarni töxtatgan aviataşuvçilardan biriga aylandi. Azerbaijan Airlines (AZAL) kompaniyasi «xavfsizlik muammolari» tufayli Rossiyaning önta şahriga parvozlarni vaqtinça töxtatganini e’lon qildi.

Qozoğistonning Qazaq Air, FlyDubai va Turkmenistan Airlines (Turkmaniston havo yöllari) ham ayrim şaharlarga – asosan Rossiya janubiga parvozlar vaqtinça töxtatilgani haqida xabar berdi.

Qozoğiston AZAL samolyotining qora qutilarini Braziliyaga jönatdi

Azerbaijan Airlines samolyotining Oqtov yaqinida qulaşi sabablarini örganuvçi komissiya Braziliyaga jönab ketdi. Bu haqda 30 dekabr kuni Qozoğiston Transport vazirligining Telegramʼdagi sahifasida ma’lum qilindi.

Unga köra, qora qutilar Braziliyaning Aviatsiya hodisalarini tekşiriş va oldini oliş markazi (CENIPA)ga yetkaziladi.

Embraer Braziliya kompaniyasining samolyotidan olingan parvoz yozuvlari ma’lumotlarni oliş uçun Janubiy Amerika davlatiga yuborildi, deb xabar qildi Reuters Braziliya harbiy-havo kuçlari bayonotiga tayanib.

Bortda ovoz yoziş moslamasi va parvoz ma’lumotlarini yoziş moslamasidan olingan ma’lumotlar Braziliya aviatadqiqotçilarining laboratoriyasida qayta işlanadi va bu jarayon Qozoğiston, Rossiya va Ozarboyjon vakillari tomonidan nazorat qilinadi. Braziliya harbiy-havo kuçlariga köra, yozuvlar 31 dekabr kuni yetkaziladi.