Rossiyaning «Gazprom» kompaniyasi 31 dekabr kuni Ukraina orqali Yevropaga gaz yetkazib beriş hajmini qisqartirişni boşlagani haqida xabar berdi. Bu haqda Reuters yozdi.

Bu haqda «Gazprom» Rossiya gazini Ukraina orqali tranzit qiliş böyiça kelişuv muddati tugaşidan bir kun oldin ma’lum qildi. Agar sönggi daqiqada tranzit şartnomasi tuzilmasa, 1 yanvardan boşlab gaz yetkazib beriş hajmi nolga tuşadi.

«Gazprom» 31 dekabr kuni Ukraina orqali 37,2 million kub metr gaz jönatgan bölsa, 30 dekabrda bu körsatkiç 42,4 million kub metrni taşkil qilgan edi.

Ukraina hukumati avvalroq Rossiya boşlagan uruş tufayli 2025 yil 1 yanvardan boşlab Rossiya gazi va neftining Yevropaga tranzitini töxtatişi haqida ogohlantirgan edi. Şu kuni Rossiya va Ukraina örtasidagi tranzit şartnomasi muddati tugaydi. Kiyev yangi şartnoma böyiça muzokara qilişdan boş tortdi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin 26 dekabr kuni yangi şartnoma tuziş uçun bu yil vaqt qolmaganini aytdi.

Slovakiya va Avstriya kabi Rossiya gazining asosiy iste’molçilari muqobil gaz manbalari böyiça kelişib oldilar. Şu bilan birga, Ukraina orqali ta’minotning töxtatilişi Moldova uçun jiddiy zarba böladi. Tahlilçilarga köra, Ukraina orqali gaz tranzitini töxtatiş bozorga minimal ta’sir körsatadi.

Rossiya qöşinlarining Ukrainaga keng kölamli bostirib kirişi boşlanganidan söng, Yevropa Ittifoqi davlatlari Rossiya gaziga qaramlikni kamaytirişga kirişdilar. Rossiya gaz bozorlarini AQŞ, Norvegiya va Qatar ta’minotçilariga boy berdi.