Saylovlar, uruşlar, suiqasdlar - jahonda 2024 yilning asosiy 10 voqeasi
|19:03 / 31.12.202412 99716 min
2024 yil yakunlanmoqda. Ortda qolayotgan yil dunyo siyosatida voqealarga boy böldi. Videoda yil davomida dunyoda sodir bölgan ba’zi muhim voqealarni yodga olamiz.
Ikki uruş ham tugagani yöq
Video avvalida eslatib ötişimiz kerak. Insoniyat sillasini quritgan, faqat mening aytganim böladi deydigan ikki zöravon davlat qöşnisiga qarşi uruşlarni davom ettirmoqda.
Amerikaga orqa qiladigan Isroil öziga qarşi uruş oçganlar bilan urişiş örniga Falastinda tinç aholi vakillarini öldirişda davom etmoqda. 2023 yil 7 oktyabrda boşlangan uruş butun mintaqaga yoyildi va yer yuzidagi odamlar eng ziç yaşaydigan Ğazo bölgasida norasida bolalar, himoyasiz ayollar va noçor qariyalar ölişda davom etmoqda. Vaholanki, ularning Isroilga qilingan hujumga heç qanday aloqasi yöq. Isroil HAMASning barça liderlarini öldirdi, hozirgi rahbariyat esa katta ehtimol Qatardagi lyuks mehmonxonalarda diplomatlik bilan şuğullanmoqda. Qiziği, Isroil şunça hujumlariga qaramay, HAMASning tarmoqdagi kanallari videolar e’lon qilişda, Ğazoda Isroilga qarşi diversion hujumlar uyuştirişda davom etmoqda.
Oxirgi bir neça oyda Oreşnik degan ovunçoq topib olgan Putin esa eng yaqin qöşnisi, özi bir neça marta ruslardan heç qanday farq qilmasligini aytgan ukrainlarga bosqinni davom ettirmoqda. Rossiya Ukraina şaharlari, qişloqlarini yer bilan bitta qilişda davom etib, buni Donbassni ozod qiliş operatsiyasi deb ataşda davom etmoqda. «Ozod qilingan» vayronalarda heç kim «russkiy mir» kelganini bayram qilmayotgani, ukrainlar öz vatanini tiş-tirnoği bilan himoya qilayotgani ham Putinni «ukrainlarni ozod qiliş» fikridan qaytara olmayapti.
Navalniy öldi
16 fevral kuni dunyodagi diktatorlardan xoli, soğlom jamiyat tarafdorlari uçun maş’um xabar tarqaldi. Rossiya muxolifati yetakçisi Aleksey Navalniy halok böldi. Uç yildan buyon Sibirdagi qamoqxonada saqlanayotgan Vladimir Putinning eng asosiy tanqidçisining ölimi Rossiyadagi amaldagi hukumatga muxolif kayfiyatdagi insonlarni şok holatiga tuşirdi. Çunki Navalniy ularga qamoqxonada turib, taşqi dunyodan uzilgan noçor holatida ham umid berayotgandi.
Keyinçalik ma’lum böldiki, Aleksey Navalniy jamoasi uni asirlar almaşinuvi doirasida ozod qiliş böyiça Yevropa davlatlari vositaçiligida kelişuvga erişgan ekan. Putin Taker Karlson bilan intervyuda Germaniyadagi qamoqxonada saqlanayotgan FSB killeri Vadim Krasikovni asirlar almaşinuviga jalb qilinsa, kelişuvga rozi ekanini oçiq aytgandi. Keyinçalik ma’lum böldiki, öşa kelişuvdagi asosiy odam Aleksey Navalniy bölgan. Ammo bu kunlarga yetib borolmagan Aleksey sovuq Sibirda halok böldi. Uning jasadini uzoq vaqt onasiga berişni istaşmadi. Lekin Sibirdagi qamoqxona va morgdan uzoqqa ketmagan Lyudmila Navalnaya bahorning ilk kunida öğlini ona şahri Moskvaga dafn etişga muvaffaq böldi.
Mavzuga oid
Aleksey Navalniyning ölimi insoniyat uçun katta yöqotiş böldi. Işoning, zulmga qarşi kuraşda bunçalik mard obrazni eng zör rejissyor öz kinosida ham yarata olmaydi. Axir öziga hukm ölaroq xizmat qilgan Putinning saroyi haqida suriştiruvni Germaniyadan Rossiyaga kelganidan keyin e’lon qiliş uçun faqat Aleksey Navalniy böliş kerak.
Krokus terakti
2024 yilning mart oyi Moskva oblastidagi dahşatli terakt bilan yodda qoldi. Inson deyişga til bormaydigan bir guruh vahşiylar avtomat bilan Moskvadagi Crocus City Hall konsert zaliga bostirib kirib, «Piknik» guruhi konsertini tomoşa qilişga borgan 6 mingga yaqin rossiyaliklarga qarata öq uzadi. Oqibatda 145 kişi halok böladi. 500 dan ortiq odam yaralanadi. Bu oxirgi 20 yillikda Rossiyada sodir bölgan eng dahşatli terakt edi.
Teraktda gumondor deb 4 nafar Tojikiston fuqarosi qölga olindi. Hozirgaça ularga hukm öqilgani yöq. Rossiya hukumati teraktni Ukraina gardaniga yuklamoqçi böldi.
Gumonlanuvçilar teraktni qilib bölgaç, Kiyevga qoçişi kerak bölgani, u yerda 1 million rubldan pul va’da qilinganini aytib çiqdi. Lekin bu versiya unçalik işonarli çiqmadi, 1 million rubl uçun Moskvada 145 kişini öldirib, keyin dunyodagi eng qattiq qöriqlanadigan sarhadlardan bölmiş Rossiya Ukraina çegarasi orqali Kiyevga qoçiş versiyasiga işoniş çindan qiyin. Bundan taşqari, IŞIDning viloyat Xuroson terrorçilik taşkiloti qotillar odamlarni otib taşlayotgani aks etgan bodi kamerada olingan kadrlarni e’lon qilib, Krokus terakti uçun javobgarlikni öz gardaniga olib bölgandi.
Bu teraktdan keyin Rossiyada migrantlarga, ayniqsa tojikistonliklarga bosim kuçaydi. Vaziyat şunçalikka bordiki, Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon Putinga bu borada e’tiroz bildirdi.
Eron va Isroil uruşi
Eron 1979 yildagi islom inqilobidan keyin Isroilni rasman duşman davlat deb e’lon qiladi. Eron islom respublikasi öz mavjudligining sabablaridan biri Isroil davlatini yöq qiliş ekanini doktrinasida qayd etgan. Lekin 45 yillik duşmanlik tarixida ilk marta Eron 2024 yil 13 aprel kuni Isroilga töğridan töğri hujum qildi. Isroil tomonga 170 ta dron, 30 ta qanotli raketa va 120 ta ballistik raketa uçirildi. Ammo ularning 99 foizi AQŞ, Isroil, Britaniya va Iordaniya harbiylari tomonidan urib tuşirildi.
Şunday bölsa-da, bu Eronning Isroilga öz tarixida ilk marta hujum qilişi bölib tarixga kirdi. Bungaça Eron Isroilga qarşi faqat Falastin, Suriya, Livan, Yamandagi proksi kuçlari yordamida kuraşardi.
Ibrohim Raisiy öldi
Tehronning Isroilga hujumidan bir oy ötib Eron prezidenti Ibrohim Raisiy aviahalokatga uçrab vafot etdi. Uning vertolyoti Ozarboyjondan qaytayotganda toğlikda qulab tuşdi. Voqea joyi örganilganda Ibrohim Raisiydan taşqari Eron taşqi işlar vaziri Amir Abdullohiyon, şuningdek, vertolyotda bölgan yana 6 kişi halok bölgani aniqlanadi.
Isroil va Eron örtasidagi munosabatlar maksimal keskinlaşgan davrda sodir bölgani uçun köpçilik vertolyot halokatini Isroil maxsus kuçlari operatsiyasi deb hisobladi, lekin Eron tomoni e’lon qilgan rasmiy xabarda halokat texnik nosozlik sabab sodir bölgani aytildi.
HAMAS va «Hizbulloh» liderlari öldirildi
Yozda Isroil HAMAS va «Hizbulloh» liderlariga qarşi seriyali suiqasdlar uyuştirdi. 13 iyul kuni TSAHAL Ğazodagi daraxtzor içidagi uylardan biriga raketa zarbasi uyuştirib, uning nişoni Ğazo tunnellari asosçisi, HAMASning jangovar qanoti Al Qassam brigadasi yetakçisi Muhammad Deyf bölganini xabar qildi. Deyf HAMASning miyasi deb atalar va Qassam raketasi yaratuvçilaridan ekani aytiladi. Isroil unga qarşi önlab suiqasdlar uyuştirgan va mehmon laqabli Deyf doim tirik qolgan. Ammo noyabr oyiga borib HAMAS Deyf 13 iyuldagi zarbalar vaqtida halok bölganini tasdiqladi.
31 iyul kuni esa HAMASning siyosiy qanoti lideri Ismoil Haniya Tehronda öldirildi. Xaniya şu kuni Eron poytaxtiga mamlakat yangi prezidenti Mas’ud Pizişkiyonning inauguratsiya marosimiga borgandi. Turli naşrlar Haniya Isroil maxsus xizmati Mossad tomonidan öldirilgani haqida xabarlar tarqatdi. Isroil dekabr oyiga kelib Haniyani öldirganini tan oldi. Haqiqatga yaqin versiyaga köra, Mossad agentlari Haniya bölgan xonaga Eron maxsus xizmati zobitlarini yollaş orqali portlovçi modda joylaştirgan.
Sentyabr oyida Mossad va TSAHAL yana ikkita operatsiya ötkazdi. Avvaliga Mossad Livandagi şialar harakati «Hizbulloh» harbiylari qölida bölgan peyjyerlarni masofadan turib portlatib yubordi. Oqibatda kamida 41 kişi halok böldi va ularning aksari «Hizbulloh» jangçilari bölgan. Operatsiya doirasida 5 mingga yaqin peyjyer portlatilgan. 500 kişi jiddiy jarohat olgan. Keyinçalik ma’lum bölişiça, Mossad «Hizbulloh» liderlari jangçilarga telefondan voz keçib peyjyerga ötişga buyruq berganidan xabar topgan. Soxta kompaniya oçib «Hizbulloh»ning tenderini yutib oladi va ularga masofadan boşqariladigan bombalar joylar Livanga yetkazib beradi. Keyin barça qurilmalarga kodlangan SMS yuborib, portlatadi.
Sentyabr oxiriga borib Isroil «Hizbulloh»ning 1992 yildan buyon lideri bölib kelayotgan Hasan Nasrullohni ham öldiradi. Nasrulloh bilan birga «Hizbulloh»ning eng yuqori martabali qömondonlari va eronlik general Abbos Nilfuruşon ham öldiriladi. Eron Islom inqilobi muhofizlari korpusi qömondonining örinbosari bölgan Nilfuruşon Tehronning «Hizbulloh» böyiça mas’ul mulozimi bölgani aytiladi. Ba’zi xabarlarga köra, Eron oliy rahnamosi Ali Xominaiy general Nilfuruşon orqali Hasan Nasrullohga unga suiqasd tayyorlanayotgani haqida xabar yuborgan va katta ehtimol general Nasrullohni Tehronga olib ketişi kerak bölgan.
Oktyabr oyida esa Isroil HAMAS lideri, 7oktyabrdagi operatsiya taşkilotçisi va ilhomlantiruvçisi Yahyo Sinvarni öldiradi. Sinvar Ğazodagi uylardan birida bölganida dron uning joyini aniqlaydi va tank öqqa tutişi oqibatida vafot etadi. Isroil keyinçalik Sinvarning oxirgi daqiqalari aks etgan videolarni e’lon qilgandi.
Kursk operatsiyasi
Ukraina bu yil Ğarbdagi ittifoqçilaridan avvalgi yillarda bölgani kabi köp qurol ololmadi. Şu bois Donbass mudofaasida muammolar yuzaga kelib, ukrainlar köp yerlarni boy berişdi. Frontda ruslarga kuçi yetmayotgan ukrainlar jang holatini özgartiriş uçun yangi reja öylaşdi. 6 avgust kuni Ukraina qurolli kuçlari Rossiyaning Kursk oblastiga bostirib kirdi va qisqa vaqt içida 1000 km kvadrat maydonni egallab oldi. Bu avvaliga diversion harakatdek tuyulgandi, lekin ukrainlar egallagan hududlarida okoplar qazib, istehkom yaratişdi.
Şu tariqa Rossiya va Ukraina örtasidagi uruşda yangi front oçildi. Tabiiyki, Ukraina Kurskka bostirib kiriş orqali ruslar Donbassdagi kuçlarini Kursk yönalişiga taşlaşiga umid qiladi. Lekin Zelenskiy va Sirskiy öylaganidek bölib çiqmaydi. Aftidan Vladimir Putinga navbatdagi ukrain qişloğini egallaş Rossiyaning tan olingan çegarasida joylaşgan Kurskni ozod qilişdan muhimroq körinadi.
Kursk yönalişiga qöşimça kuçlar taşlanadi, lekin Donbassdan butun e’tibor Kurskka qaratilmaydi. Şundan Putin boşqa bir yangilik öylab topadi. Kurskka Şimoliy Koreya harbiylarini taşlaydi. Ha, uruşda öz armiyasi iştirok etayotgan uçinçi davlat paydo böladi. Şimoliy Koreya Rossiyaga 12 ming harbiysini yuboradi va ular Kurskka joylaştiriladi. Bu uruşning eng esda qolarli voqealaridan biriga aylandi.
Trampning qaytişi
Noyabrda AQŞda prezidentlik saylovlari ötkazildi. Unda respublikaçi Donald Tramp demokrat Kamala Harrisni yengib prezidentlikka qaytdi. Şu tariqa Tramp AQŞ tarixida amaldagi prezidenti vaqtida saylovni yutqazib, keyinçalik yana bir saylovni yutgan ikkinçi prezidentga aylandi. Saylovgaça intriga kuçli edi, çunki Trampga qarşi oçilgan jinoiy işlar, uning avvalgi muddati vaqtida körsatgan tomoşalari natijalarga ta’sir etişi mumkin deyilayotgandi. Biroq Tramp saylovda juda işonçli tarzda ğalaba qozondi.
Saylov atrofida yana ikki voqeaga töxtalmasak bölmaydi. Birinçisi Trampga amalga oşirilgan suiqasd. 13 iyul kuni Pensilvaniyada çiqiş qilayotgan Trampni Tomas Metyu Krusk ismli killer yaqin atrofidagi bino tomidan turib snayperda öldirişga harakat qiladi. U Trampni aniq nişonga olib öq uzadi, lekin öşa onda Tramp boşini qimirlatgani sabab öq uning quloğiga tegib ötib ketadi. Snayper 8 ta öq uzişga ulguradi, oqibatda mitingda qatnaşayotgan bir kişi halok böladi. Maxsus xizmat merganlari qotilni ham otib öldirişadi.
Bu suiqasd Trampning reytingini haddan taşqari oşirib yuboradi. Respublikaçilar öşa kuni Tramp saylovni yutib bölgani haqida gapirib çiqişadi. Köp ötmay Tramp va Bayden örtasida CNN studiyasida debat ötkaziladi. Bu voqea esa saylov taqdiriga Trampga suiqasddan ham jiddiyroq ta’sir qiladi. Jonli efirda keçgan debatda Bayden aljirab qoladi va unda qarilik alomatlari yaqqol bilinadi. Bu debatdan keyin Bayden avvaliga saylov kampaniyasini davom ettirişini aytadi, lekin demokratlar bosimidan keyin baribir kuraşdan çiqadi. Uning örnini egallagan Kamala Harrisni esa Tramp saylovda osongina mağlub etadi.
Başar Asadning ağdarilişi
Yilning eng muhim voqealaridan biri Suriyada hukumat ağdarilişi böldi. Uzoq yillardan buyon Eron va Rossiya qöllovi bilan hukumatni öz qölida saqlab kelayotgan diktator Başar Asad 11 kun içida isyonçi guruhlar tomonidan ağdariladi. Abu Muhammad al Jölaniy boşçiligidagi Hay’at Tahrir aş-Şom guruhi Asadni ağdarişda asosiy işni qiladi. Natijada, hozir Jölaniy amalda Suriyaning yangi hukmroniga aylandi.
Başar Asad isyonçilar poytaxt Damaşqqa yaqinlaşib kelganda oilasi bilan puşti panohi Vladimir Putindan siyosiy panoh sörab, Rossiyaga qoçadi. Suriya armiyasi, mamlakat maxsus kuçlari Başar Asadni himoya qilmay, töğri kelgan tomonga qoçadi.
Asad ağdarilişiga bir neçta sabablar bor. Avvalo, Asad rejimini uşlab turgan ikki ustin Rossiya va Eron, Ukraina va Isroilga qarşi kuraşlarda özi bilan özi bölib qoladi. Suriyada Asadni himoya qilgan «Hizbulloh» esa Isroilga qarşi kuraşda deyarli yöq böldi. Jölaniy boşçilik isyonçilar bu qulay vaziyatdan foydalanib, hujumga ötadi va Asad rejimi qulaydi.
Jölaniy Asad ağdarilganidan keyin endi Suriyada barça millat va din vakillari huquqlari ta’minlanadigan dunyoviy davlat tuzişga işora qildi. Jölaniy jangovar taxallusidan voz keçib, yana Ahmad al-Şara’ böldi, dunyo siyosatçilari kabi kastyum va galstukda yurişni odat qildi. Damaşqda Ğarb vakillari, xususan, AQŞ delegatsiyasi Jölaniy bilan uçraşuvlar ötkazdi.
Oqtovdagi halokat
Yil yakunida esa dunyoda ketma-ket aviahalokatlar sodir böldi. Ulardan biri 25 dekabr kuni Qozoğistonning Oqtov şahrida sodir böldi. Azerbaijan Airlines aviakompaniyasiga tegişli bölgan Embraer E190 samolyoti Bokudan Grozniyga uçayotganda Qozoğistonning Oqtov şahriga quladi. Avvaliga Bokudan Grozniyga uçayotgan samolyot Oqtovda nima qilib yuribdi deb hayron qoldi, çunki Ozarboyjon poytaxtidan Çeçeniston poytaxtiga uçiş uçun samolyot Kaspiyga çiqişi şart emas, lekin Oqtov dengizning narigi sohilida.
Halokatga uçragan samolyot bortida 67 kişi bölgan va ulardan 29 kişi omon qoladi, 38 kişi halok böladi. Samolyot yerga qulaşi bilan tarmoqda uning fyuzelajida öq izlari borligi köringani aks etgan videolar tarqaladi. Rossiya tomoni avvaliga samolyot halokatiga quşlar galasi bilan töqnaşganini sabab qilib keltiradi. Lekin keyinçalik samolyot Grozniy osmonidan Rossiya harbiylari tomonidan öqqa tutilgani ma’lum böladi. Bu haqda Ilhom Aliyev Boku Ozarboyjon telekanaliga bergan intervyusida ham aytdi. Aliyev Rossiya aybini tan olişi, aybdorlarni jazolaşi va halok bölgan ozarboyjonliklarga kompensatsiya tölaşi kerakligini aytdi.
Lekin hozirgaça nimaga adaşib öqqa tutilgan samolyotga eng yaqin Rossiya aeroportlaridan birortasiga qönişga ruxsat berilmagani tuşunarsiz. Ilhom Aliyev öq yegan samolyotni Oqtovga olib borib, bortdagi yarim yölovçilar omon qolişiga sabab bölgan uçuvçilarni qahramonlar deb atadi.
Ötkir Jalolxonov tayyorladi
Tasvirçi va montaj ustasi — Faxriddin Hotamov
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi