Finlandiyaning Traficom transport va aloqa agentligi huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan Estoniya va Finlandiya örtasidan ötgan Estlink 2 elektr uzatiş liniyasiga zarar yetkazilgani uçun qölga olingan Eagle S tankerini tekşirmoqçi, bu haqda Finlandiyaning STT axborot agentligi 30 dekabr, duşanba kuni xabar berdi.
Unga köra, Traficom kemaning röyxatga olinişi va uning xalqaro taşiş qoidalariga muvofiqligini kuzatişni rejalaştirmoqda.
Agar şubha tuğilsa, tanker qoidabuzarliklar tuzatilgunga qadar qölga olinişi mumkin. Tekşiruv politsiya tergovi ruxsat berişi bilanoq amalga oşiriladi, deya aniqlik kiritdi dpa agentligi.
Eagle S RFning «soyadagi» floti bir qismi bölişi mumkin
YeI ma’lumotlariga köra, Eagle S Rossiyaning «soyadagi» floti bir qismi bölişi mumkin. Gap çet el bayroqlari ostida yurgan kemalar haqida ketmoqda, bu kemalardan Moskva Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşi munosabati bilan joriy qilingan neft embargosini çetlab ötiş uçun foydalanadi.
Tanker Helsinki şarqiga langar taşlagan va ekipaj söroq qilinmoqda. Finlandiya hukumati qöporuvçilik ehtimolini gumon qilmoqda.
Finlandiya politsiyasi va qirğoq xavfsizligi tergov işlarini olib bormoqda.
Eagle S Kuk orollari bayroği ostida harakatlanadi.
Fin körfazida kabelga zarar yetkazgan langar izi topildi
Finlandiyalik tergovçilar Boltiq dengizi tubida Estoniya va Finlandiya örtasidagi Estlink 2 elektr uzatiş liniyasi şikastlangan joyda «önlab kilometr» iz qoldirilganini aniqladilar, deb yozadi 29 dekabr kuni Reuters agentligi.
«Uşbu izning uzunligi önlab kilometrni taşkil etadi», — deydi agentlikka mas’ul tergovçi Sami Paylu. Şu bilan birga, Finlandiya tergov vakilining ta’kidlaşiça, langarning özi hali topilmagan.
Avvalroq OAVda kabelga şikast yetkazganlikda gumon qilinib, Finlandiya huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan qölga olingan Eagle S tankeri surati çop etilgan edi. Ular tanker çap tomonida langarga ega emasligini körsatadi, garçi u xuddi şu kemaning oldingi fotosuratlarida mavjud.








