1 yanvar kuni Çernogoriyaning Tsetine şahrining tarixiy markazida mahalliy aholi vakili öt oçişi oqibatida 12 kişi halok böldi. U öz joniga qasd qilgan.

Politsiya ma’lumotiga köra, otişma mahalliy vaqt bilan çorşanba kuni soat 17:30 da Tsetine çekkasidagi Baitse rayonida röy bergan.

BBC serb xizmati xabar qilişiça, öt oçişda gumonlanayotgan Atso Martinoviç kuye davomida kafeda spirtli içimlik içgan, keyin esa uyiga borib, qurolini olib çiqqan, mavjud ma’lumotlarga köra, unda bu qurol uçun ruxsatnoma bölgan.

Qurbonlar beşta turli nuqtadan topilgan, şundan tört nafari — kafe hududida.

Vijesti naşri yozişiça, hujum uyuştirgan şaxs Tsetine çekkasidagi uyi yaqinida politsiya tomonidan qurşovga olingaç, öz joniga qasd qilişga uringan. U şifoxonaga olib ketilayotganida jon bergan.

Qurbonlar orasida ikki bola, şuningdek, hujum qilgan şaxsning oila a’zolari bor. Tört kişi jarohatlar bilan şifoxonaga yotqizilgan, ulardan uç nafarining hayoti xavf ostida qolmoqda.

Taxminlarga köra, Martinoviç kafedagi bahslaşuvdan keyin otişma boşlagan.

Çernogoriya boş vaziri Miloyko Spaiç qurbonlar xotirasiga uç kunlik motam e’lon qilgan va rasmiylar qurol böyiça qonunçilikni qat’iylaştiriş imkoniyatini körib çiqayotganini bildirgan, qurolga egalik qiliş töliq taqiqlanişi mumkin..

«Milliy xavfsizlik yiğilişida şoşilinç tartibda barça variantlarni, jumladan, qurolga egalik qilişni töliq taqiqlaşni ham körib çiqdik, — deya yozgan Spaiç X ijtimoiy tarmoğida. — Qurol köçada va boşqalarga zarar yetkazadiganlarning qölida bölmasligi kerak».

Çernogoriyada ommaviy qotillik hodisalari köp uçramaydi, ammo bu mamlakatda ham, Bolqonning boşqa mamlakatlaridagi kabi 1990-yillardagi uruşdan keyin oddiy odamlarning qölida köplab qurollar qolgan.

Dpa agentligining ta’kidlaşiça, Çernogoriya va boşqa Bolqon mamlakatlarida köpçilik öqotar qurollarga litsenziyasiz egalik qiladi.

Tsetine — Çernogoriyaning qadimiy poytaxti, şahar aholisi taxminan 14 ming kişi. 2022 yil avgust oyida qurollangan şaxs u yerda ön kişini otib öldirgan, keyin özi qurolli ötkinçi tomonidan öldirilgan.

Baholarga köra, Bolqon mamlakatlari aholisi armiya va politsiyaga qaraganda töqqiz baravar köproq qurolga egalik qiladi, 2018 yilgi öqotar qurollar böyiça global tadqiqotga köra, aholi jon boşiga töğri keladigan qurollar soni böyiça Serbiya va Çernogoriya yetakçilik qilgan.