Jahon | 14:39 / 02.01.2025
3095
1 daqiqa o‘qiladi

Falastin rasmiylari «Al-Jazira» telekanali translatsiyasini to‘xtatdi

Avvalroq Isroil ham xuddi shunday qaror qabul qilgan edi.

Foto: Anadolu Agency

Falastin ma’muriyati Qatarning «Al-Jazira» telekanalining translatsiyasi va boshqa faoliyatini vaqtincha to‘xtatdi. Bu haqda Falastinning rasmiy WAFA axborot agentligi xabar berdi.

«Al-Jazira» Falastinda o‘rnatilgan qonun va qoidalarni buzgani aytilmoqda.

Qayd etilishicha, «Al-Jazira» o‘zining «huquqiy maqomini to‘g‘rilamaguncha» telekanal faoliyati tiklanmaydi.

Ta’kidlanishicha, bunday choraga «Al-Jazira» telekanali Falastinning ichki ishlariga aralashishni tashkil etuvchi provokatsion mazmundagi kontentni tarqatgani sabab bo‘lgan.

Avvalroq Isroil hukumati «Al-Jazira» telekanali mamlakatdagi faoliyatini to‘xtatganini ma’lum qilgandi.

Mavzuga oid